Ushbu film qahramoni Uvays al-Qaroniy hazratlari Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning zamondoshidir. Rasulullohni ko'rmay turib payg'ambarligiga iymon keltirgan va ul zotga bo'lgan kuchli muhabbati tufayli Rasulullohdan ma'naviy tarbiya olgan buyuk avliyolardan. Filmda u kishi hayoti haqida hikoya qilinadi.