Янгиликлар | DAN xodimi bilan suhbat

DAN xodimi bilan suhbat

(28.02.2007 01:19:45) | (3427 марта ўқилди)
Katta yo’lda NEXIA yuqori tezlikda harakatlanayotgan edi. Alisher davlat avtomobil nazorati hodimining yo’l chekasida turib qo’lidagi tayoqchasini ko’targanini kech payqab qoldi.

Alisher mashinani sekinlatishdan oldin spidometrga qaradi: 50 km/s dan yuqori tezlik cheklangan hududda 73 km/s tezlikda haydab kelayotgan ekan. “Ufff…Yanami…” jahli chiqib tormozni bosdi.
Eng yomoni shundaki bu ohirgi 3 oy ichida to’rtinchi marta DAN xodimi tomonidan to’xtatilishi edi.Odam degani shunchalik ham omadsiz bo’ladimi?..


Alisher mashinani yo’l chetiga olarkan, “Qaniydi, hozir yonimizdan bundan ham yuqori tezlik bilan biror mashina o’tib qolsa edi” deb orzu qildi. DAN hodimi NEXIAga yaqinlashib “Yo’l harakati hodimi Saidakbarov Olimjon, hujjatlaringiz” dedi. Iya…Bu masjidda tanishgan birodarim Olimjonku!

Alisher bo’shashib, mashina o’rindig’iga cho’kdi. Bu har qanday jazodan ham og’irroq edi. Masjidda tanishgan birodari bo’lishiga qaramay bu yo’l harakati xodimi uni to’xtatgan edi. Buning ustiga yo’l qoidasini buzgani uchun.

- Assalamu alaykum, Olimjon birodar! Eee bormisiz. Taqdirni qarang, siz bilan shu yerda ko’rishib qolibmiz-a?!- deb moshinadan tushib keldi Alisher.
- Va alaykum assalom,- Olimjon jilmayib ham qo’ymadi.
- Birodar…Bola-chaqaning oldiga shoshilyotganimda meni to’xtatib qoldingiz-da?!!
- Ha, shunday,- negadir Olimjonning shashti pastroq edi.
- Keyingi kunlarda uyimga juda kech qaytyapman. Sahar chiqib, tunda kelaman. Bolalarim meni anchadan beri ko’rishgani yo’q. Bugun qarangki, ishdan ertaroq bo’shab, uyga ketayotgan edim. Ayolim manti pishirib, bolalar bilan yemay kutib o’tirishibdi. Shuning uchun shoshilayotgan edim. Vaziyatimni to’g’ri tushundingiz deb o’ylayman…
- Ha, sizni tushunib turibman, lekin yo’l harakati qoidalarini buzganizga ham ko’z yumolmayman,- deb javob berdi Olimjon.
- Meni to’xtatganizda qancha tezlikda kelayotgan edim?
- Tezligingiz 70 km/soat edi. Bu yo’lda 70 km/soat tezlikda harakatlanish ta'qiqlangan.
- Bir daqiqa sabr qiling, iltimos. Sizni ko’rib, spidometrga qaradim. Atigi 55 km/soat edi tezligim.
- Mashinangizga o’tiring, iltimos,- deb takrorladi Olimjon. Alisherning hafsalasi pir bo’lib mashinaga o’tirdi, eshikni qars etib yopdi. Olimjon esa qo’lidagi daftarchaga nimalarnidir yoza boshladi.

“Qiziq, nega Olimjon mening haydovchilik guvohnomamni olib qo’ymadi. Yoki jazo talonini yozayaptimi?” deb o’yladi Alisher. “Nima bo’lsa bo’lsin, endi masjidda bu odam bilan yonma-yon o’tirmayman.Yana bu menga birodarmush-a….E sufee, sandaqa birodarlarga. Ment bari bir mentda”, dedi ichida Alisher.

Shu payt Olimjon mashina oynasini tiqillatdi. Alisher ensasini qotirib deraza oynasini tushirdi. Olimjon Alisherga bir parcha qog’oz berib, nari ketdi.

“Ha, shtrafdan qutulib qoldim shekilli” deb o’zicha sevindi Alisher. Haqiqatdanam Olimjon Alisherni jazolamagan edi, qog’ozda qandaydir yozuvlar bor edi xolos.

“Qadrdon birodarim Alisher! Mening bir qizim bor edi. 6 yoshdaligida tezlikni oshirgan bir haydovchining aybi bilan avtohalokatga uchrab, hayotdan ko’z yumdi. Halokat sababchisi bo’lgani uchun u odamni uch oy qamoq jazosiga mahkum qilishdi. U odam qamoqdan chiqqach, farzandlarini qaytadan bag’riga bosib, yuz-ko’zlaridan o’pib, to’yib-to’yib hidlash baxtiga muyassar bo’ldi. Lekin men…

Men esa qizimni yana qaytadan bag’rimga bosishim, yuz-ko’zlaridan o’pishim uchun jannatga kirishday uzoq muddatni kutishim kerak… Men ming martalab o’sha odamni kechirishga harakat qildim. Ming martalab uni kechirishga erishdim deb umid qildim. Balki chindanam uni kechira olgandirman, ammo qizim hech ham hayolimdan ketmayapti.

Alisher birodar, haqqimga duo qiling va unutmangki mening birgina o'g'lim qoldi…”


Alisher o’n besh daqiqacha o’ziga kelolmay, shu ahvolda qotib turdi. So’ng fikrini bir joyga to’plab, mashinani sekinlik bilan haydab uyiga ketdi. Uyiga kira solib farzandlari, ayolini qattiq bag’riga bosdi.

Inson hayoti nihoyatda qisqa va qimmatlidir. Mashinani ehtiyotkorlik bilan haydang, boshqalar uchun ham mas’ul ekanligingizni unutmang. Shuni ham yodda tutingki, mashinalarni istaganingizhca sotib olishingiz mumkin, lekin inson hayotini hech qachon sotib olib bo’lmaydi!!!

8 муносабат

Мулоҳазалар пост қилувчиларнинг шахсий фикрларидир. Сайт маъмурияти улар учун жавобгар эмас.
Бўсаға
Sufiy

1. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Bu hikoya aslida turk manbalaridan olingandir. Biz faqat ta'siri oshsin deya o'zbekchalashtirdik. Hamda haydovchilarga hos urg'u berishga harakat qildik.
Bu hikoya juda ham ta'sirli hikoyadir. Insonni ogohlik va extiyotlikka chaqiradi. Ammo kak shopir sifatida aytamanki, uncha muncha qoidaga amal qilmayman. Albatta yo'l harakat qoidalari qandaydir maqsad bilan o'rnatiladi. Ammo ba'zi bir joylardagi belgilarning foydasini, maqsadini hech ham tushunmayman.
Masalan shoferlar yaxshi biladigan SERGILI AVTO BOZORIga O'zgarishdan harakatlanayotganingizdagi "50 km/soat yuqori tezlik chegaralangan" belgisi umuman HATOdir. Yoki kimgadur bu belgi kerak. Bo'lmasa ochiq joy, kimsasiz yer va tekis yo'lda 50 da yurib bo'ladimi? Шок
Ammo aksari belgilar halq hizmatiga hizmat qilishiga aminman. Кўз қисмоқ


Dekan

2. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Нафақат ҳайдовчилар балки, оддий йўловчилар ҳам йўл ҳаракати қоидаларини билишлари керак!
ҳа айтмоқчи, йўл ҳаракати қоидаларидан ДАН да бўладиган имтиҳоннинг онлайн версияси бор.
e-darslar.net веб сайтида бепул тест топшириб билимингизни синаб кўришингиз мумкин.


Баҳо: 1 |
Mikael

3. Re: DAN xodimi bilan suhbat

O'n ettinchi Maktub
(Yigirma beshinchi lam`aning zayli)

Bola vafoti ta`ziyanomasi
بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Aziz qiyomatli do'stim Hofiz Xolid afandi!
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
وَبَشِّرِ الصّابِرِينَ * اَلَّذِينَ اِذَا اَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا اِنَّا لِلّهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ


Qardoshim! Farzandingning vafoti meni iztirobga soldi. Biroq, اَلْحُكْمُ لِلّهِ "Alhukmu lilloh", qazoga rizo, taqdirga taslim Islomiyatning bir shioridir. Janobi Haq sizlarga sabri jamil ato etsin. Marhumni esa, siz uchun zaxirai oxirat va shafoatchi qilsin. Sizga va siz kabi taqvodor mo'minlarga buyuk bir xushxabar va haqiqiy bir tasalli beradigan "Besh Nuqta"ni bayon etamiz.
Birinchi Nuqta: Qur`oni Hakiymdagi وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ning siri va ma`nosi shuki, mo'minlarning balog'atga yetmay vafot etgan farzandlari:

1. jannatda abadiy, sevimli va jannatga loyiq bir tarzda doimiy bola holida qolishini;
2. va jannatga kirgan padar va volidalarining quchoqlarida abadiy quvonchlariga sababchi bo'lib yurishini;
3. va farzandni suyish va uni erkalashdek eng latif bir zavqqa ota-onasini muyassar etishga sababchi bo'lishini;
4. va har bir lazzatli narsaning asli jannatda mavjudligini;
5. «Jannat nasl ko'paytiradigan joy bo'lmagani uchun u yerda farzandni suyish va erkalatish ham bo'lmaydi», deganlarning hukmlari haqiqat emasligini;
6. va dunyoda, o'n yillik qisqa bir vaqt ichida, alamu-iztirob aralash farzand suyish va erkalatish o'rniga, sof va alamsiz millionlab yil abadiy farzandni suyish va erkalatishga muyassar bo'lmoq, ahli iymonning eng katta baxti ekanini bu oyati karima وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ jumlasi ila ishora etadi va xushxabar beradi.


Баҳо: 1 |
Mikael

4. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Ikkinchi Nuqta: Bir paytlar, bir odam zindonda tashlanadi. Uning sevimli bir farzandi yoniga yuboriladi. U bechora mahbus ham o'zining alamini chekar, ham bolasining istirohatini ta`min etolmagani uchun, uni qiynalganini ko'rib battar ezilardi. Shunda marhamatkor hokim uning yoniga bir odamni yuborib deydiki:
"Shu bola garchi sening farzanding bo'lsa ham, lekin mening raiyatim va mening xalqimdandir. Shuning uchun uni o'zimga olaman va go'zal bir saroyda parvarish qilaman."
U odam esa yig'lab-siqtaydi; "Mening ovunchog'im bo'lgan bu bolamni bermayman," deydi.
Birodarlari unga deydilarki:
"Sening xafa bo'lishing ma`nosizdir. Agar sen bolaga achinayotgan bo'lsang, u go'dak bu iflos, badbo'y, siquvchi zindonda qolish o'rniga baxtli, saodatli bir saroyga ketsa, sen uchun yaxshi emasmi? Agar sen nafsing uchun unga achinayotgan va o'z manfaatingni o'ylayotgan bo'lsang, bolang bu zindonda qolsa, senga vaqtinchalik va dargumon bo'lgan manfaat bilan birga bolaning bu erda qiynalishidan ko'p qayg'u va alam chekasan. Agar u yerga ketsa, senga ming manfaati bor. Chunki podshohning marhamatini jalb etishga sabab bo'ladi, senga shafoatchi hukmiga o'tadi. Podshoh uni sen bilan ko'rishtirmoq istaydi. Albatta, ko'rishmoq uchun uni zindonga yubormaydi, balki seni zindondan chiqarib ul saroyga jalb etadi, bola bilan ko'rishtiradi. Faqat sharti shuki, podshohga ishonching va itoating bor bo'lsa..."
Mana shu misol kabi, aziz do'stim, seningdek mo'minlarning farzandlari vafot etganida, bunday fikr qilmoq lozim:
Bu go'dak ma`sumdir. Uning Xoliqi esa Rahiym va Kariymdir. Mening noqis tarbiyam va shafqatim o'rniga, g'oyatda komil bo'lgan inoyat va rahmatiga oldi. Dunyoning alamli, musibatli, mashaqqatli zindonidan xalos etib, Jannatul-Firdavsga yubordi. U go'dak qanday baxtli! Shu dunyoda qolsa edi, kim bilsin, qanday odam bo'lardi. Shuning uchun men unga achinmayman, uni baxtiyor deb bilaman.
O'zimning manfaatimga kelsak, o'zimga ham achinmayman; qattiq iztirob chekmayman. Chunki dunyoda qolganida, o'n yillik vaqtincha, alam aralash farzand muhabbatini baxsh etardi xolos. Agar solih bo'lib va dunyo ishlariga iqtidorli bo'lib yetishganida, balki menga yordam qilardi. Ammo vafoti bilan men uchun abadiy Jannatda o'n million yil farzand muhabbatiga sababchi va abadiy saodatga vasila bo'ladigan bir shafoatchi hukmiga o'tadi. Albatta va albatta, dargumon va shoshilinch bir foydadan ayrilgan, lekin tayin va kechroq keladigan ming foydaga erishgan, qattiq iztirob chekmaydi; ma`yusona faryod qilmaydi.


Баҳо: 1 |
Mikael

5. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Uchinchi Nuqta: Vafot etgan bola Xoliqi Rahiymning maxluqi, mulki va bandasi, butun borlig'i ila Uning san`ati va unga oid bo'lib, ota-onasining bir do'sti ediki, vaqtinchalik ularning nazoratiga berilgan edi. Padar va volida unga xizmatkor qilingan edi. Ota-onaning u xizmatlariga javoban naqd bir ajr tarzida, ularga lazzatli bir shafqat ato etgan.
Endi, mingdan to'qqiz yuz to'qson to'qqiz hissa sohibi bo'lgan ul Xoliqi Rahiym rahmati va hikmatining taqozosiga ko'ra, u go'dakni sening qo'lingdan olsa; xizmatingga xotima bersa, yuzaki bir hissa ila haqiqiy ming hissa sohibiga qarshi shikoyatni eslatuvchi ma`yusona qayg'urmoq va faryod qilmoq, ahli iymonga yarashmaydi; balki ahli g'aflat va ahli zalolatga yarashadi.
To'rtinchi Nuqta: Agar dunyo abadiy bo'lsaydi, inson dunyoda abadiy qolsaydi, hamda firoq abadiy bo'lsaydi, achchiq iztirob va ma`yusona ezilishning bir ma`nosi bo'lardi.
Biroq, modomiki dunyo bir mehmonxona ekan; vafot etgan go'dak qaerga ketgan bo'lsa, siz ham biz ham u yerga boramiz. Hamda bu vafot faqatgina unga xos emas, balki umumiy bir yo'ldir... Va modomiki, firoq ham abadiy emas va kelajakda ham qabrda, ham Jannatda ko'rishilar ekan, اَلْحُكْمُ لِلّهِ deyish lozim. "O'zi berdi, o'zi oldi", "Alhamdulillohi ala kulli hol!" deb sabr ila shukr etmoq lozim.


Баҳо: 1 |
Mikael

6. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Beshinchi Nuqta: Rahmati Ilohiyaning eng latif, eng go'zal, eng xush, eng shirin jilvalaridan bo'lmish shafqat nuroniy bir darmondir. Ishqdan ko'ra o'tkirdir. Tezda Janobi Haqning visoliga yerishtiradi. Xuddi ishqi majoziy va ishqi dunyoviy juda ko'p mushkulotlar bilan ishqi haqiqiyga aylanib, Janobi Haqni topganidek, shafqat ham – biroq mushkilotsiz yanada qisqa, yanada sof bir tarzda – qalbni Janobi Haqqa bog'laydi. Xoh ota, xoh ona bo'lsin, o'z farzandini butun dunyochalik sevadi. Farzandi qo'lidan olingan vaqt, agar baxtiyor va haqiqiy ahli iymondan bo'lsa, dunyodan yuzni o'girib, Mun`imi Haqiqiyni topadi. Deydiki: "Demak, dunyo foniy ekan, ko'ngil qo'yishga arzimaydi". Farzandi qayerga ketgan bo'lsa, o'sha yerga nisbatan qalbida bir aloqa paydo etadi. Buyuk ma`naviy bir holga noil bo'ladi.
Ahli g'aflat va ahli zalolat shu besh haqiqatdagi saodat va xushxabardan mahrumdirlar. Ularning holi naqadar alamli ekanini quyidagi misoldan qiyos qiling.
Bir keksa ayol juda ham yaxshi ko'rgan suyukli yolg'iz farzandini sakarotda (jon berar holida) ko'rib, dunyoda tavahhumi abadiyat hukmi ila g'aflat yoki zalolat natijasida, o'limni yo'qlik va abadiy firoq deb tasavvur qilganidan, yumshoq to'shagi o'rnida qabrning tuprog'ini o'ylab, g'aflat yoki zalolat tufayli, Arhamur-Rohimiynning jannati rahmatini, firdavsi ne`matini o'ylamaganidan, naqadar ma`yusona bir huzun va alam chekishini qiyoslab ko'rishing mumkin.
Biroq ikki dunyo saodatining sababchisi bo'lgan iymon va Islomiyat mo'minga deydiki: Shu sakarotda yotgan farzandingning Xoliqi Rahiymi uni bu chirkin dunyodan chiqarib, Jannatiga olib ketajak. Ham senga shafoatchi, ham abadiy bir farzand qilajak. Firoq vaqtinchadir, qayg'urma اَلْحُكْمُ لِلّهِ اِنَّا لِلّهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ de, sabr qil

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy.

* * *
Bolalar taziyanomasi


Баҳо: 1 |
litoss

7. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Hikoya juda ham ta`sirli.Mikael ham juda qiziq ma`lumotlar beribdilar ularga ham katta rahmat.


Баҳо: 1 |
kenzo

8. Re: DAN xodimi bilan suhbat

Lekin bizada Juma namoziga chiqadigan, Allahdan qo'rqib pora olmaydigan DAN hodimlari juda kam-da..


Баҳо: 1 |
_TOGGLE Алоқадор линклар
 Қўшимча маълумот Бадиий адабиёт

Энг кўп ўқилган мақола Бадиий адабиёт:
DAN xodimi bilan suhbat

_TOGGLE Мақола рейтингги
Ўртача баҳо: 4.73
Овозлар: 101


Илтимос, 2 секунд вақт ажратиб ушбу мақолага овоз беринг:

Ажойиб
Жуда яхши
Яхши
Оддий
Ёмон


_TOGGLE Опциялар

_TOGGLE Фойдаланувчилар

Хуш келибсиз Аноним

Исм
Парол


Аъзолар:
Охирги аъзо: square
Жами аъзолар: 740

Ҳозир сайтда 2 киши онлайн

_TOGGLE Кўп ўқилганлар

_TOGGLE RSS

_TOGGLE Сайтда излаш