(03.06.2009 22:00:00) | (185 марта ўқилди)
Hadis'shunos olim Abdulhaq Dehlaviy (vafoti m. 1642) o'zining "Jazb-ul qulub" asarida shunday yozadi: "Ibn Abu Shayba xabar berdi: Hazrati Umar zamonida Madinada qurg'oqchilik sodir bo'ldi. Bir kishi Qabri-Nabaviyga (Payg'mbar (a.v.s.) ning qabrlariga) kelib, "Ya Rasululloh! Ummating uchun yomg'ir duosi qil! Halok bolamiz", - dedi. Rasululloh (s.a.v.) uning tushiga kirib, "Umarga bor! Yomg'r bo'lajagining xabarini ber", -dedilar.
Ibn Javziy aytadiki, Madinada qurg'oqchlik bo'ldi. Hazrati Oyishaga kelib yalindilar. "Rasulullohning maqbarasi shiftini teshing", - deb buyurdilar. Shunday qilishdi. Ko'p yomg'ir yog'di. Qabiri-sharif ho'l bo'lib ketdi".
Bu yerda kelgan birinchi rivoyat "Malik ad-Dor hadisi" nomi bilan mash'hurdir. Tafsilotlariga kirishishdan oldin tekshirib ko'rmoqchi bo'lgan kishilar uchun quyida bu xabarning yozilishi/tafsiri va topa olishi mumkin bo'lgan ba'zi manbalarini keltiraman:
- Mevlânâ Muhammed Fadlurresul, Tashih'ül Mesail, Berekât Yay., İst, 1976, s. 82.
- Ebu Hamid bin Merzuk, Bera'atü'l-Eş'ariyyin min Akaidi'l-Muhâlifin, Bedir Yay., İst 1994, s. 339.
- Yusuf-i Nebhanî, Şevahidü'l-Hakk, Fazilet Neşr., İst., s. 177.
- İmam-ı Kastalânî, Mevahibu Ledunniye, Hisar Yayınevi, İst., c.2, s. 365.
- "İlim Heyeti", Muhtelif Bilgiler ("Faideli Bilgiler" isimli kitabın içinde, 2. kısım), Hakikat Kitabevi, İst. 2001, s. 318-319.
http://kitap.hakikatkitabevi.com/cgi-bin/cgi.exe/fabil/query=!28kahd+!7C+kaht!29+/doc/%7B@1067%7D? - Hüseyin Avni Kansızoğlu, Vesile ve Tevessül-2, Guraba Dergisi, 7.-8. Sayı, 2007.
http://www.gurabamecmuasi.com/guraba/index.php?option=com_content&task=view&id=156&Itemid=88 - Muhammed bin Alevi el-Maliki, Mefahim, Ege Basım, İst. 2007, s. 150-151.
Bu oxirgi manbada, ya'ni "Mafohum"da shunday deyiladi:
"Hofiz Abu Bakr al-Bayhaqiy shunday deganlar: Abu Nasr ibn Qatoda va Abu Bakr al-Forisiy bizga aytganlarki: Abu Umar ibn Matar, Ibrohim ibn Ali az-Zuhayliydan, u Yahyo ibn Yahyodan, u Abu Muoviyadan, u Amashdan, u Abu Solihdan, u Molikdan rivoyat qilgandir" (150 sahifa).
Buyuk faqih va hadis'shunos olim Alloma Ibn Hojar al-Haytamiy (vafoti m. 1266) rahimahullohi taolo "Javharul-mulzam" asarida shunday deydilar:
"Istig'osa – birovdan bir narsa so'rash uchun u kishi juda yaxshi ko'radigan boshqa bir kishidan yordam so'rashlikdir, ya'ni bu kishi vositasida so'ralganda u narsaga erishish oson bo'ladi. Duoning qabul bolishi uchun Rasululloh bilan, yoki qabrdagi bir avliyo zot bilan istig'osa qilish mumkin. Bunday duo qabul bo'ladi. Duoni qabul qiluvchi yolg'iz Alloh taolodir. Bunga sabab – vasila bo'luvchi – Payg'ambardir. Alloh taolo haqiqiy g'avsdir (yordam beruvchi zotdir), Rasululloh – majoziy g'avs bo'ladi. Buxoriy xabar bergan hadisi-sharifda: Qiyomat kuni oldin Odam bilan, keyin Muso bilan va oxirida Muhammad alayhissalom bilan istig'osa qilinadi", - deyildi. Bundan tashqari, Rasululloh bilan tavassul, istig'osa qilish degani Ul zotning duo qilishlarini so'rash demakdir. Chunki Ul zot qabrlarida tirikdir, so'ragan kishining istagini eshitadi. Sahih xabarda bildiriladiki, Amirul-mo'minin Umar (r.a.) davrida qurg'oqchilik bo'ldi. As'hobi-kiromdan birlari Rasululloh qabrlarining yoniga kelib: "Ya Rasululloh! Ummatingga yomg'ir yog'ishi uchun duo qil! Ummating halok bolish oldidadir", - dedi. Rasululloh (s.a.v.) u kishining tushiga kirib, yomg'ir yog'ishining xabarini berdilar. Shunday bo'ldi ham. Tushida yana alohida: "Umarga bor, salom ayt! Yomg'ir yog'ishi haqida xushxabar yetkaz. Unga ayt, qays bilan harakat qilsin", - ham dedilar. Qays – yumshoq muomala qilishdir. Umar (r.a.) qattiqqo'l edilar. Dinning amrlarini o'rniga quyishda shiddat bilan harakat qilardilar. Haligi kishi xalifaning yoniga keldi. Bo'lgan gapni anglatdi. Xalifa bularni tinglab, yig'ladilar. Bir rivoyatga ko'ra tush ko'rgan kishi as'hobdan Bilol ibn Horis Muzayniy edi. Bu yerda tushni emas, balki sahobiyning Rasululloh qabrlariga borib tavassul qilganini bildirishni istayapmiz. Ko'rinadiki, Rasulullohdan, ul zot tirik bo'lganliklaridagi singari, vafotlaridan keyin ham tilaklarning hosil bo'lishi uchun duo qilishligi so'ralayapti. Uning duo va shafoat etishi bilan tilaklar hosil bo'lganiday, hayotga kelishidan oldin, hayot ekanlarida va vafotlaridan keyin ul zotni vasila qilgan holda qilingan duo va tavassullar ham qabul bo'ladi. Qiyomat kuni esa ummati uchun Robbisidan safoat qilishni so'raydi va shafoatlari qabul bo'ladi. Shunday bo'lishini Islom olimlari ijmo' bilan, ya'ni yakdillik bilan bildirganlar".
Juda kop olimlar tomonidan "mujtahid" ekanligi bildirilgan Imom Taqiyyuddin as-Subqiy rahimahullohu taolo esa (vafoti m. 1355) "Shifous-siqom fi ziyorati xayr-il-an'om" asarida bu rivoyatning sahih ekanligini bildirgan va shunday yozganlar:
"Tavassul qabr olamida ham bo'ladi. Amash shunday rivoyat qiladi: Hazrati Umar davrlarida qurg'oqchilik bo'ldi. As'hobi-kiromdan birlari Rasulullohning qabri shariflariga bordi va: "Yo Rasululloh! Ummating uchun Alloh taolodan yomg'ir so'ra! Bo'lmasa ular halok bo'ladilar", - dedi. Shundan keyin Rasuli akram tushida u sahobiyga: "Umarga bor, salomimni ayt. Unga yomg'ir yog'ishining xabarini ber", dedilar. U sahobiy ko'rgan tushini Hazrati Umarga xabar qildi. Hazrati Umar yig'lab turib: "Yo Robbi! Ojiz bo'lgan narsalarimdan tashqari qo'limdan kelgan hamma narsani qildim!" – dedi. Bu xabarga ko'ra o'sha sahobiyning vafotlariidan keyin qabr olamida bo'lgan Rasulullohdan (s.a.v.) yomg'ir so'rashiga hech bir moniylik bo'lmadi. Chunki Rasulullohning (s.a.v.) qabr olamida ekanlarida duo qilishlari imkoni bo'lmagan bir narsa emasdir. Bu haqida juda ko'p xabarlar kelgan. Rasuli akramning bu dunyoda bo'lganlari kabi qabr olamida ham Alloh taolodan ummati uchun yomg'ir so'rashida hech bir moniylik yoqdir".
Hadisni rivoyat qilgan boshqa mash'hur olimlar
Yuqorida yozilgan narsalarni naql etgan olimlar so'zlari dinda hujjat bo'ladigan mash'hur va mo'tabar Ahli sunnat olimlaridir. Ko'proq bilim olishni istaganlar uchun quyida qo'shimcha ma'lumot berilgandir.
Rivoyatning kelib chiqishi va mohiyatini tadqiq qilgan prof. Zakariya Gular shunday deydi:
"Ibn Hojar [al-Asqaloniy] (v.852/1448) Ibn Abu Shayba (v.235/849) rivoyat qilgan bu hadisning isnodini sahih ekanligini aytgan. Hadis xuddi shunday isnod bilan Bayhaqiy (v.458/1065) va Ibn Asokir (v.571/1175) tomonidan ham rivoyat etilgandir... Buxoriy Tarix kitobida Abu Solih Zakvon yo'li bilan Molik ad-Dordan Hazrati Umarning qurg'oqchilik yilidagi so'zini (muxtasar holda) rivoyat qilgandir. Ayni rivoyat tafsiloti sifatida Ibn Abu Haysamga ham tarjih etiladi" (Vasila va Tavassul haqidagi hadislarining manbasi va ahamiyati uchun qaralsin: Tahric ve Değerlendirme, İlam Araştırma Dergisi, c. II, sy. 1, Ocak-Haziran 1997).
Haqiqatan ham yuqoridagi manbalarda bu maqolada va "Guraba" oynomasidagi "Vasila va Tavassul-2" sarlavhali maqolada keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu rivoyatni yozgan olimlar orasida quyidagi zotlar mavjud:
- Ibn Abu Shayba sahih bir sanad bilan: el-Musannaf (6:352)
- Imom Bayhaqiy: Daloil (7:47)
- Hofız Hailiy: Irshod (1:313-314)
- Ibn Abdilbarr: Istiob (2:464)
- Ibn Asokir: Torihu madinat-i Dimashq (tarcamatu Umer ibn el-Hattob): (53:294)
- Ibn Kasir boshqa-boshqa kiki joyda sahih ekanligini yozgan: (el -Bidoya van-nihoya, 7:91-92; Jomiul-Masonid, 1:223)
- Hofız Ibn Hocer el-Asqaloniy "sahih" degan: Fathul-Boriy, 1959 nashri, (2:495); Isoba, (3:484).
İmom Buxoriy (muxtasar holda): et-Torixul-kabir (7:304-305) [Prof. Z. Guler aytadiki: Abu Osim en-Nabiyl (qarang: Fathul-Mannon, I, 566) Buxoriyning rivoyatga hech qanday baho bermasdan uni sukut saqlagan holda zikr etgani uning nazdida hadis sahih ekanligi haqidagi tushunchaga kelganini ko'rsatadi][/li]
Alboniyning yolg'onchiligi
Vahhobiylar tomonidan ko'p e'tibor qilinadigan Alboniy (vafoti m. 1999) shunday deydi:
"Roviy Molik ad-Dorning zabt va adolati ma'ruf emas, u majhul bir roviydir. Haqiqatan ham Ibn Abu Hotim sanadda nomi o'tgan Abu Solihdan boshqa undan rivoyat qilgan biror roviy haqida aytmagandir. Bu esa uning majhul ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, hadis ilmida mash'hur bo'lgan Ibn Abu Hotim uning ishonchli ekanligi haqida hech narsa aytmaganligi esa buni tasdiqlaydi. Shunday ekan, roviy Molik ad-Dor majhul qolmoqda. Hofiz Ibn Hojarning "Abu Solih as Sammonning Molik ad-Dordan sahih bir isnod bilan..." tarzdagi ifodasi, bizning qarorimizga ko'ra, ziddiyatlidir. Chunki biz Ibn Hojarning aytgan so'zi mazmunining ifodasidan sanadning butunlay sahih ekani haqida emas, faqat Abu Solihga qadar bo'lgan qismi haqida bir izoh ekanligini qabul qilamiz. Aks holda u isnodga Abu Solihdan e'tiboran boshlamas va to'g'ridan-to'g'ri "Molik ad-Dordan... va isnodi sahihdir", - derdi... Shunday qilish bilan Ibn Hojar roviy Molikning holatiga diqqat qilinishi kerakligiga yoki uning majhul ekanligiga ishorat etmoqda".
Professor Zakariya Guler Alboniynig bu so'zlari xato ekanligini ushbu izoh bilan isbotlamoqda:
"U haqida so'z yuritilayotgan rivoyatning dalil sifatida qo'llanilishini qabul qilmagan Alboniyning bunga ko'rsatgan eng asosiy sababi - Molik ad-Dorning majhul bir roviy ekanligi ko'zga tashlanayapti. Ammo biz Alboniy iddao qilganiday Molik ad-Dorni zabt va adolati ma'ruf bo'lmagan majhul bir shaxs emas, aksincha, uning ma'ruf bir roviy ekanligini tan olamiz.
Ibn Sa'd (v.230/844) uni shunday tavsiya qiladi: "Molik ad-Dor Umar ibn al-Xattobning ozod qilgan qulidir. Himyar qabilasidan va Jublondandir. Abu Bakr va Umardan hadis rivoyat qilgan. O'zidan ham Abu Solih as-Sammon rivoyat qilgan. U ma'ruf edi".
Ibn Hibbon (v.354/956) as-Siqot asarida uni yodga olib, u haqida manfiy biror so'z aytmagan.
Ibn Hojar (v. 852/1448) esa bularga qo'shimcha holda quyidagi ma'lumotlarni bergan: "Molik ad-Dor deb bilingan zot Molik ibn Iyoddir va (asri saodatda) voyaga yetgandir. Muoz va Abu Ubaydadan rivoyatlari bor. Undan ikki o'g'li – Avn va Abdulloh rivoyat qilganlar. Ayni rivoyatni tafsilotlari bilan Ibn Abu Haysama ham keltirgan... Ibn Sa'd uni Madinalik tobiiylarning ilk tabaqasi orasida yodga olad. Hazrati Umar va Hazrati Usmon unga moliyaviy ishlarni topshirganlar va shuning uchun ham Molik ad-Dor nomi berilgandir. Ali ibn Madiniydan qilingan rivoyatda aytilishiga ko'ra - Hazrati Umarning xazinaboni edi".
Abu Ya'lo al-Xaliliy al-Kazviniy (v. 446/1054) esa Molik ad-Dorning siqa ekanligiga ittifoq qilingan eski bir tobiiy ekanligini va tobiiylar u haqida hurmat bilan so'zlashlarini aytadi.
Aytib o'tilganidek, mazkur rivoyat haqida Alboniy Ibn Hojarning "Abu Solih as-Sammonning Molik ad-Dordan sahih bir isnod bilan..." deb keltirilgan ifodasini uning roviy Malik ad-Dorning majhul ekanligiga ishorat qilgani deb sharhlagan. Xolbuki Ibn Hojarning Molik ad-Dorni tanishtiruvchi tavsifnomada keltirilgan ma'lumotlar bunday bir sharhga hojat qoldirmaydigan darajada aniqdir. Bu tafsilotni bilgandan keyin Alboniyning Molik ad-Dor haqida yozganlari Munziriy bilan Xaysamiydan (v. 807/1404) naql etgan "Uni tanimayman" degan sozning biror bir ma'noni ifoda etmasligi ham aniqlanadi".
Professor Gulerning bu izohi va iqtibos keltirgan manbalari haqida qaralsin: Vesîle ve Tevessül Hadislerinin Kaynak Değeri: Tahric ve Değerlendirme, İlam Araştırma Dergisi, c. II, sy. 1, Ocak-Haziran 1997.
Bu izohlarning natijasi o'laroq shu narsa anglanadiki, Alboniy Hofiz Ibn Hojarning so'zlarini aylantirgan va Ibn Hojarning va boshqa hadis olimlarining Molik ad-Dor haqida yozgan ma'lumotlarini yo ko'rmagan, yoki yashirgan. Xulosa shuki, Alboniyning "Roviy Molik ad-Dorning zabt va adolati ma'ruf emas, u majhul bir roviydir" singari sozlari tagi bo'sh va asossiz bir iddaodir...
Ibn Hojarning talabasi Imom Taqiyyuddin ibn Fahd al-Makkiy (vafoti hijriy 871) esa Molik ibn Iyadning sahobiy ekanligini qayd etgan.
Shu yerda bir narsani eslatib o'tmoqchiman: Alboniy Molik ad-Dor hadisini zaif qilib ko'rsatishga harakat qilib buzib ko'rsatgan yozuvlari va Molik ad-Dor haqida hadis'shunos olimlar bergan ma'lumotlarni o'quvchilardan yashirishi Alboniyning ishonchsiz kishi ekanligiga dalolat qiluvchi yagona hodisa emas. Masalan, Professor Dr. Zakariyo Guler boshqa bir hadisni qo'lga olarkan, shularni yozadi:
Yuqorida aytilganidek, Alboniy ["Roviylardan Saiyd ibn Zaydda zaiflik bor" degan iddaosiga dalil sifatida] Saiyd ibn Zaydning zaif bir roviy deb hisoblaydiganlar haqida to'xtalib o'tar ekan, uning siqa ekanligini aytib o'tisgan mo'tabar [Ibn Moin, Ibn Sa'd, Buxoriy, Ijliy, Abu Ja'far ad-Dorimiy, Ahmad ibn Hanbal va Ibn Hibbon... kabi] zotlarning fikrlarini bilmaganga olib keladi. Aslida Alboniyning sanadida Sayid ibn Zayd bo'lgan boshqa bir hadis uchun shunday baho berganligini ham ko'rishimiz mumkin: "Hadisning isnodi hasandir. Roviylarning hammasi ham siqadirlar. Sayid ibn Zayd haqida ba'zi so'zlar aytilgan, ammo bu uning hadisini hasan darajasidan tushurmaydi. Ibnul-Qayyim ham hadisning isnodini jayyid (sahih, maqbul) ekanligini aytgandir." Ta'kidlash kerakki, bu uslub biroz taassub va noxolis hukmdan kelib chiqqandir. Bu izohimiz Alboniyning roviylarga nisbatan bildirgan ma'lumotlari va ular haqida bergan baholari o'sha roviy rivoyatining mazmuniga qarab o'zgaradi. U o'zining xohishi, aqli va fikriga zid bo'lgan rivoyatlarni, xususan, sanadi jihatidan yaroqsiz deb baholamoqchi bo'lgani holda, qarashlariga mos keluvchi rivoyatlarni esa, garchi bosqa bir joyda sanadida zaiflik bor deb ta'kidlagan roviy bo'lsa hamki [Sayid ibn Zayd misolida bo'lganidek], hadisni qabul qila oladi. Shu tariqa Alboniy bilibmi yoki bilmasdanmi o'ziga-o'zi qarshi fikrlar aytadi. Bu esa, shubhasiz, ilmiy uslub va odobga to'g'ri kelmaydigan bir holatdir."
Ibn Bozning aqlsizligi
Huseyn Avniy Kansizo'g'li o'zining "Ibn Bozning aqlsizligi" maqolasida (Hüseyin Avni Kansızoğlu, Vesile ve Tevessül-2, Guraba Dergisi, 7.-8. Sayı, 2007) shunday deydi:
Shayx Abdulaziz Ibn Abdulloh Ibn Boz esa Fathul-Boriy tahqiq(!)ida (tahqiqi – tadqiqoti – tarjimon izohi) qilgan iqtibosda shular haqida gapiradi (moddalarga biz tomonimizdan ajratilgan):
Bu asar, Shorih (Ibn Hojar) aytganiday, sahih deb bilinsada, - Nabiy sallollohu alayhi va sallam bilan ul zotning o'limlaridan keyin istisqo (yomg'ir duosi) qilinishining joyiz ekanligiga doir bir hujjat emasdir.
Chunki (Birinchi vasvasa): (Yomg'ir) so'ragan kishining kim ekanligi ma'lum emasdir.
Javob: Bu iddao aldashni maqsad qilib qo'ygan bir yolg'ondir. Haqiqatdan yuqorida o'tgandir. Agar bu to'g'ri bo'lsa ham muhim emasdir. Muhimi Umar va boshqa as'hob roziyallohu anhumning tavridir. Hazrati Umarning bu ishga qarshi chiqmaganligi, aksincha, yig'laganligi va "Yo Rab!.. Bunday ojiz qolgan narsalarda kamchilikka yo'l quymoqdaman", deganlari. Umar va boshqa sahoba roziallohu anhumlarning shirk narsaga vasila qilinishlari yoki shirkning biror turiga sukut saqlab turishlari haqida o'ylaydigan axmoqlarga nima ham deysan?!
(Ikkinchi vasvasa): Sahoba roziyallohu anhumning amali bunga ziddir. Xolbuki ular sariatni insonlar ichida eng yaxshi biladiganlaridirlar. Ulardan hech kim Nabiy sallollohu alayhi va sallamning qabrlariga na yomg'ir, na boshqa bir narsa so'rab kelmaganlar.
Javob: Sahoba roziyallohu anhumning amali, ya'na bir sahobiyning shu amaliga zid bo'lmagan amaldir, uning boshqa bir shaklidir. Buning eng aniq dalili esa ularning shu amalga qarshi chiqmaganlaridir. Ular eng havfli va halok etuvchi bir botil shirk bo'lmish narsa oldida sukut saqlab turish isyonidan uzoq bo'lganlari tufayli o'rtada mashruiyyatga (shariatga mos kelishiga) doir sukutiy bir ijmo bor. Sahoba roziyallohu anhumning bu amalni inkor qilganliklari isbot qilinmagunicha ular haqida yomon gumon qilmaydiganlar aytganlarimizni qabul qilishga majburdirlar...
(Uchunchi vasvasa): "Aksincha, Umar roziyallohu anhu qurg'oqchilik yuzaga kelganda undan (qabrga kelib bir narsa so'ramasdan,) Abbos bilan yomg'ir so'rashga tushgandir.
Javob: Umarning bu qilgan ishi uning shariatga muvofiq ekanligini korsatsada, boshqa bir sahobaning amalini tog'ri emasligini qanday qilib ko'rsatsin?! Bu dalil keltirishning qanday usuli bo'ldi?!.. Umarning bir majlisda birdaniga berilgan uch taloqning bir taloq hisoblamasdan uch taloq hisoblaganida shunday qilib xatoga yo'l qo'yganini iddao qiladigan sizlar, qachondan beri uning ishini unga teskari bo'lgan ishni botil qiluvchi keskin dalil sifatida ko'ra boshladingiz?!.. U bu ishni balki bunday ham qilsa bo'ladi, yoki bunisi undan yaxshiroqdir, yoki Abbos bilan qilingan istisqo haddi zotida Nabiy sallollohu alayhi va sallam bilan qilingan bir istisqodir, balki boshqa bir fikr bilan qilingandir. Uning o'ylagani sizning miyangizga o'rnashib qolgan fikrlaringiz jazavasiga mos ekanligini qayerdan bildingiz, shaytonlaringizning sizga qilgan vahiylarimi bu? Xatto Nabiy sallollohu alayhi va sallamning ham ba'zi amallari boshqa amallarini botil qilmasligi, balki tanviyga (ya'ni bir amalning undan farq qiluvchi boshqa bir turini ko'rsatgan bo'lishi mimkinligiga) qaramasdan, nega bunchalik johillikka yo'l qo'yasiz?!..
(To'rtinchi vasvasa): Bu xususda unga sahobalardan hech kim qarshi chiqmagan.
Javob: Shar'iy va muboh, balki afzal ham bo'lgan bir ishda sahoba roziyallohu anhum unga nima uchun qarshi chiqishlari kerak? Sizga uning qilgan ishi joyiz emasligini kim aytdi?... Unday ham bo'lishi mumkin, bunday ham degan kishilarga bunday bir so'zni faqat nima deganini o'zi ham bilmaydigan johil ba'daviylargina aytishlari mumkin.
(Beshinchi vasvasa): Shunday qilib, bu narsa haq ekanligi va u odamning qilgan ishi shirkka vasila bo'lishi bilindi. Hatto ba'zi olimlar uni shirkning bir turi deb hisoblaganlar.
Javob: Subhanalloh!.. Johillik yomon, ammo u ma'lum bir o'lchamda (miqdorda) bo'lsa chidasa bo'ladigan bir balo; ammo bu musibat bir kishida axmoqlik bilan birlashadigan bo'lsa, hech bir chidab bo'lmaydigan tus oladi. Sahobalardan biri yoki sahobaning huzuridagi bir kishi bir ish qilsa, ammo boshqa sahobalar bu xususda boshqa bir ish qilsalar yoki qilingan ishga sukut qilsalar va bulardan biri shirk vasilasi yoki shirk turlaridan biri bo'lsa!... Vo ajab!.. Bular johil va axmoq bo'lish ustiga juda ham katta mahmadanalik, odobsiz va tarbiyasiz, hidoyat xususida qashshoq kishilaridan boshqa hech kim emas... Bu ishni shirk deb bilgan olim(!) kim ekan? Biz bunday biror bir kishini tanimaymiz. Bizni qo'yavering, xatto butun ummatdan buni bilgan kishi yoq. Mobodo, "karomati o'zidan nari o'tmaydiganlar qabilidan bo'lmish avliyolar" sizlar emasmisizlar?!..
(Oltinchi vasvasa): Sayfning so'zi aytilgan rivoyatda (yomg'ir) so'ragan kishining Bilol ibn Horis ekanligi esa munozaralidir. (Buxoriyni) sharhlagan kishi (ibn Hojar) ham Sayfning bu bilan bog'liq sanadini keltirmagandir.
Javob: Keltirmasa nima bo'libdi? Avvalo, shunday bir hadis hofiziga ishonch asos bo'ladi. Keyin, qissa sahih isnod bilan kelgandan keyin hukmni o'zgartirmaydigan izoh va tafarruotga doir bir xususda isnodning keltirilmasligi ishoniladigan bir kishining kitobidan olinganligi Ibn Hojarga yetarli bo'lsa, bu ilmni undan o'rgangan ko'r, cho'loq kishilar haddini bilib o'tirishsa bo'lmaydimi?
(Yettinchi vasvasa): Sahih bo'lgan taqdirda ham unda (bu ishning joyizligiga doir) hech qanday hujjat yo'qdir. Chunki sahoba roziyallohu anhumning amali bunga ters kelayotir. Holbuki, ular Rasul(ulloh) sallolohu alayhi va sallamni eng yaxshi bilgan kishilardir. Alloh eng yaxshi biladi.
Javob: Bu dalilsiz bir tarzda sahobani shirkda ayblashdir. Xolbuki, ular Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni eng yaxshi bilgan kishilardir deyilishiga qaramasdan, zimdan, "men ulardan yaxshiroq bilaman", - deganidir. Bilol ibn Xoris qilgan ishning sahobalarning ishiga zid kelishini tushunolmadi va – Allohning o'zi asrasin – shirkka kirdi, ammo bu aqli zaiflar tushunib yetishdi!... "Al-Futuh"ni yozgan Sayflar va Ibn Hojarlar tushunishmadi, ammo bular tushunishdi!.. Hasbunallohu va ne'mal-vakil...
Tayyorlovchi: Murat Yazuvchi
Tarjimon: Izzatilloh Nuriddin
- Мавзу: Ақида
Алоқадор линклар 
Аъзолар:
Охирги аъзо:
Жами аъзолар: 740
Мақолалар