Янгиликлар | ALLOH ZIKRI BILAN INSONDAGI G’AM KETADI

ALLOH ZIKRI BILAN INSONDAGI G’AM KETADI

(19.01.2010 11:40:00) | (147 марта ўқилди)
Dunyodagi g‘am-qayg‘u Alloh zikrini unutish miqdoricha bo‘ladi. Kim huzur-halovat, xotirjamlik va saodatning bardavom bo‘lishini xohlasa, Alloh zikrini ko‘paytirib, shu yo‘lda davom etsin. Kimga g‘am va tashvish peshma-pesh kelayotgan bo‘lsa, qul faqat o‘z nafsini ayblasin, bu uning Alloh zikrini unutganining bir jazosidir.

Buni yaxshi bilib ol!

Bilgilki, qalb qattiqligi, Allohni zikr etish bilan ketadi. Al-Hakim Abu Muhammad at-Termiziy rahmatullohi alayh bunday degan: "Allohni zikr etish, qalbni xotirjam qiladi va yumshatadi. Qalb zikrdan to‘xtasa, zikrsiz qolsa, nafs harorati va shahvat otashi alanga oladi, natijada qalb tosh qotadi, quriydi, a’zolar ham qalbga itoat etmay qoladi". Buniham bil! Allohni doimiy zikr etish kibr, ujb, riyo, hasad, su’i zon, kin, hiyla, maqtanish sevgisi kabi botiniy xastaliklarni ketkazadi. Allohni har doim zikr qilish bilan botiniy vasvasalar ketadi. Shayton vasvasasi gunohlarga chorlaydi, nafs vasvasalari esa shahvatga yetaklaydi. Bu ikkisining orasidagi farq shunday: Nafs, sendan bir narsa xohlagach, biroz keyin bo‘lsa-da murodiga yetgunga qadar tinmay harakat qiladi, biroq (unga qarshi) mujohadaning davom etishi bilan haligi harakati davom etmay qoladi. Shayton esa, seni bir xatoga chaqirsa-yu, sen unga qarshi chiqsang, bu o‘tib ketadi, biroq u boshqa bir xatoga vasvasa qiladi. Chunki shayton uchun qarshi chiqishlarning hammasi bir. Vasvasaning ma’nosi qalblarga keluvchi xitobdir.

Bilginki, balo-ofatlar Allohni zikr etish orqali daf bo‘ladi. Imom Zinnun al-Misriy
rahmatullohi alayh bunday deganlar: "Allohni zikr etuvchini Alloh taolo har balodan asraydi".

"Zikr muridlarning qilichidir. Ular jin va insonlardan bo‘lgan dushmanlarga qarshi zikr bilan jang qiladilar hamda boshqalarga keladigan ofatlarni zikr bilan daf etadilar", deyishgan ba’zilar.

Buyuk so‘fiylardan biri aytgan: "Balo, oralarida zikr ahli bor qavmga kelsa, ahli zikrdan boshqaga qarab ketadi".

Zikr qalbiga o‘rnashgan mo‘minga, shayton yaqinlashganda aqldan ozadi. Bu xuddi shayton insonni yo‘ldan ozdirgani kabidir. Shaytonlar aqldan ozayotgan, bechorahol u shayton ustida to‘planishadi va: "Bunga nima bo‘ldi?" deya so‘rashadi. "Bu (shayton) zokirga yaqinlashgan edi, ana shunday zarbaga uchradi", deyiladi.

Ey birodar! Mana shu holatni bilib olganingdan keyin zikrni ko‘paytir. Chunki
shaytonning ta’qibu qutqulari, vasvasalariga faqat zikr bilan monelik qilish mumkin. Ustozim Shayx Afzaluddin rahmatullohi alayh bunday dedilar: "Shayton har birimizni ta’qib etadi. U doimo qul qalbining qarshisida turadi. Qul Allohni zikr qilsa, shayton uni tark etadi. Kimga bu kashf ayon bo‘lsa edi, Alloh zikridan g‘ofil qolishimiz bilan shayton bizni eshak qilib minganini, xohlaganday "o‘ynatganini", zikrga boshlasak zoqlashganini ko‘rardi".

Ulug‘ so‘fiylar shu narsaga ijmo qilishgan: zikr g‘aybning kaliti, yaxshilikni horlaguvchi, yolg‘izning do‘sti va xotirni jamlovchidir. Zikr zokir qalbiga o‘rnashsa, uning ruhiga Alloh muhabbati o‘rnashadi. Zikrning ma’lum vaqtga bog‘lanmaganligi (xohlagan paytda zikr qilish mumkinligi)ning o‘ziyoq zikrning sharafi buyukligiga kifoya qiladi.

Yana shu xususda ijmo qilganlar: "Doim zikr qilolmayapman, deya zikrni tashlab qo‘yish durust emas. Buni ham bilib ol!

Zikr foydalarining chegarasi yo‘q. Zokir zikr tufayli Alloh taoloning sirlari va ilmlaridan bahra oladi. Chunki hech bir kimsa iznsiz ololmaydigan asror va ilmlarga oshnolik yo‘li, bu - qalbning zikr bilan hamrohligidir.

Zikrida Alloh bilan bo‘lganini iddao etuvchiga: "Senga Rabbing nima hadya etdi, nima berdi?" deb so‘raladi. Agar u: "Menga hech narsa bermadi", desa, biz unga shunday deymiz: "Demak, Uni zikr qilayotganingda xayoling boshqa yoqlarda bo‘lgan, sen zikr ahlidan emassan. Tezda seni xushu-xuzu’dan to‘suvchi to‘siqlarni olib tashlaydigan bir shayx topgin". Agar o‘ziga shunday bir ustoz topolmasa, unga yana bunday deymiz:
"Allohni til bilan zikr etishni ko‘paytir, Haq taolo zikring bo‘lsin va zikring sahih bo‘lsin. Chunki Allohni haqiqatan zikr etish qulga Allohning sifatlarini mushohada ettiradi. Til bilan zikr etish Unga (yaqinlashtiruvchi. - Tarj.) bir vasiladir. Bu holat hosil bo‘lgach, til bilan zikrga ehtiyoj qolmaydi... Zero, til bilan zikr huzurdan boshqa joyda amalga oshiriladi. Buni ham bil. Shuni ham unutmaginki, bu eng ulug‘ ibodat sanalmish namozdan tashqaridagi zikrlarga oiddir. (Aslida namoz buyuk zikrdir. - Tarj).

Imom Sha’roniy, “Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar”

1 муносабат

Мулоҳазалар пост қилувчиларнинг шахсий фикрларидир. Сайт маъмурияти улар учун жавобгар эмас.
Бўсаға
DiloromAbdulloh

1. Re: ALLOH ZIKRI BILAN INSONDAGI G’AM KETADI

Alloh rozi bolsin, yaxshi tushuntiribdilar.


Баҳо: 1 |
_TOGGLE Алоқадор линклар
 Қўшимча маълумот Мақолалар

Энг кўп ўқилган мақола Мақолалар:
Oramizdagi zino

_TOGGLE Мақола рейтингги
Ўртача баҳо: 3
Овозлар: 2


Илтимос, 2 секунд вақт ажратиб ушбу мақолага овоз беринг:

Ажойиб
Жуда яхши
Яхши
Оддий
Ёмон


_TOGGLE Опциялар

_TOGGLE Фойдаланувчилар

Хуш келибсиз Аноним

Исм
Парол


Аъзолар:
Охирги аъзо: square
Жами аъзолар: 740

Ҳозир сайтда 4 киши онлайн

_TOGGLE Кўп ўқилганлар

_TOGGLE RSS

_TOGGLE Сайтда излаш