|
Янгиликлар- Саҳифа 2
(21.02.2010 13:00:00) | (32 марта ўқилди)
Bilingki, har bir inson o‘z aybidan bexabardir. Agar katta gunohlarni tark qilguncha nafsi bilan ozgina kurashib qolsa, nafsimni pokladim va xulqim chiroyli bo‘ldi, endi kurashishga hojat qolmadi, deb gumon qiladi. Shuning uchun husni xulqning alomatlarini izohlash lozim. Chunki husni xulq iymondir. Yomon xulq esa munofiqlikdir.
Alloh taolo O’z kitobida mo‘minlarning ham, munofiqlarning ham sifatlarini zikr qilgan. Shu sifatlarning hammasi husni xulq va yomon xulqning samarasidir. Husni xulq zikr qilingan oyatlarni bilishingiz uchun ulardan keltiramiz. Alloh taolo aytadi:
1. «Darhaqiqat mo‘minlar najot topdilar. 2. Ular namozlarida (qo‘rquv va umid
bilan) bo‘yin eguvchi kishilardir. 3. Ular behuda-foydasiz (so‘z va amallardan)
yuz o‘giruvchi kishilardir. 4. Ular zakotni (ado) qilguvchi kishilardir. 5. Ular
avratlarini (haromdan - zinodan) saqlaguvchi kishilardir. 6. Magar o‘z jufti
halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular
malomat qilinmaslar. 7. Endi kim shundan o‘zgani (ya’ni, zino va shu kabi
shariati islomiyada harom qilingan boshqa narsalarni) istasa, bas, ana o‘shalar
haddan oshguvchilardir. 8. Ular (ya’ni, mo‘minlar) o‘zlariga ishonilgan
omonatlarga va (o‘zgalarga) bergan ahdu paymonlariga rioya qilguvchi
kishilardir. 9. Ular (barcha) namozlarini (vaqtida ado etib, qazo bo‘lishdan)
saqlaguvchi kishilardir. 10-11. Ana o‘shalar Firdavs (jannati)ga merosxo‘r
bo‘lguvchi vorislardir. Ular o‘sha joyda mangu qolurlar» (Mo‘minun surasi, 1-11-oyatlar).
(19.02.2010 13:30:00) | (37 марта ўқилди)
БУ БОБДА РАСУЛУЛЛОҲ СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМНИНГ ТЎШАБ ЁТАДИГАН ЁТОҚЛАРИ ҲАҚИДА БАЁН ҚИЛИНАДИ
254. Оиша розияллоҳу анҳо дедилар: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ётадиган ва устида ухлайдиган тўшаклари чармдан (яъни ичига хурмо дарахтининг пўстлоқлари солинган теридан) эди.
255. Имом Муҳаммад Бокир рахимаҳуллоҳ дедилар: Оиша розияллоҳу анҳодан бир киши савол қилди: “Ўзларининг уйларида Сарвари коинот соллаллоҳу алайҳи васалламнинг тўшаклари қанақа эди?” Жавоб бердиларки, “тўшаклари ичига хурмо дарахтининг пўстлоғи тўлдирилган чарм эди”. Ҳафса розияллоҳу анҳодан бир киши сўради: “Сизнинг уйингизда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг тўшаклари қанақа эди?” Дедилар: “Жундан бўлган бир қўпол чодар эди, биз уни икки буклаб, Жанобнинг остларига тўшаб берар эдик. Устида Жаноб ором олар эдилар. Бир кеча мен дедим: Шу чодарни агар тўрт буклаб берсам, таглари мулойим бўлар эди. Кейин мен уни тўрт буклаб тўшаб бердим. Тонг отганда Жаноб соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: Бу кеча менинг остимга нима тўшаб бердинглар? Мен дедим: Ўзларининг ҳар кунги тўшакларини тўрт буклаб бердик, ўзларига мулойимроқ бўлсин дедик. Жаноб дедилар: Бу тўшакни аввалги ҳолига қўйиб тўшанглар, тўрт букламанглар, унинг мулойимлиги менинг таҳажжуд намози учун тезроқ туришимга монеъ бўлди.
Абу Исо Муҳаммад ат-Термизий, “Шамоили Муҳаммадийя”
(17.02.2010 13:00:00) | (43 марта ўқилди)
Qo'shniga ozor berish
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo'min emas. Allohga qasamki, mo'min emas. Allohga qasamki, mo'min emas», dedilar. «Kim, yo Rasululloh?» deb so'rashgan edi, «Yomonligidan qo'shnisi xotirjam bo'lmagan kimsa», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Yomonligidan qo'shnisi emin bo'lmagan kimsa jannatga kirmaydi», deyilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so'rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: «Allohga boshqa narsani sherik qilishing. Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo'lishidan qo'rqib farzandingni o'ldirishing va qo'shningning jufti haloli bilan zino qilishing», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).
(15.02.2010 13:00:00) | (36 марта ўқилди)
Biz mehr-muhabbatning o‘z hayotimizda, o‘z jamoamizda eng muhim, asos masala ekanini bilamiz. Albatta, oddiy bir inson uchun birinchi qadam bu emas. Oddiy bir kishining eng birinchi qadami mo‘‘min bo‘lmog‘idir. Biz esa mo‘‘minmiz, alhamdulilloh, Allohga ishonamiz. Shu dinga ko‘ngil berganmiz.
Endi bir-birimizga mehr-muhabbatli bo‘laylik. Birodar bo‘laylik. «Men o‘lsam, shu birodarlarim bola-chaqamga, oilamga qaraydi», deydigan darajada birodar bo‘laylik. Xonimlar ham bir-birlariga mehr-muhabbatli bo‘lmoqlari lozim. «Falonchi o‘tgan yig‘indi kiygan kiyimini kiyibdi. Qih-qih-qih. Fih-fih-fih!» Bunday bo‘lmaydi! Aksincha, har kuni kiyadigan libosingizni kiying. Bezanavermang! Bu g‘ovni buzish uchun, bu fosid doirani sindirish uchun shunday qiling!.. Agar ayollar har majlisda yangi kiyim kiyadigan bo‘lsa, erkaklarning holi ne kechadi? Bu musobaqaning oxiri qaerga boradi? Bu xil narsalarga ahamiyat bermaslik kerak.
Bir birodarimizda biror ayb, qusur ko‘rishimiz mumkin. Aybini ham dag‘al-dag‘al qilib aytmaylik. Ammo sevib, yaxshi ko‘rib aytaylik. Men senda shunday bir aybni ko‘ryapman. Bu menga qusur bo‘lib tuyulyapti. Balki men bilmagan biror tomoni borligi uchundir? Undagi qilmishni tuzataylik. Qusur bo‘lsa, tuzatish kerak, bo‘lmasa bu ish bitsin! Bir guruh birodarlarimiz keladi, «pisir-pisir» bir nimalarni gapiradi; boshqa bir guruh birodarlarimiz keladi, «pisir-pisir» bir nimalarni aytadi, biz ikkisini bir oraga keltirib, «Qani ko‘raylik-chi, bir-birlarining oldilarida gapirishsin», deymiz. Bir-birlarining huzurlarida gaplashishgach, tushunadilar, tushuna oladilar. Uzr so‘raydilar, yarashib ketadilar. Bir tomonning aybi bo‘lishi mumkin. Har kim aybini anglasa, dangal-dangal, ochiq-ravshan so‘zlaydigan bo‘ladi, orqavarotdan gapirmaydigan bo‘ladi. Dangal, ochiq so‘zlasa, u ham: «Birodarlarim mening shu aybimni ilg‘abdi», deb, inshaalloh, o‘zini tuzatadi.
Alloh taolo hazratlari bizni O’zi sevgan har xil fe’l-harakatlarga sohib aylasin! O’zi sevmagan har turli yomon fe’l-atvordan qutqarsin!
Mahmud As’ad Jo’shon, “Haqiqiy sevgi”
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
(13.02.2010 13:00:00) | (46 марта ўқилди)
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l – shahvatlarga ergashishni tark qilish
ekaniga shar’iy dalillar va qalb ko‘zi ochiq kishilardan naql qilingan dalillar
bayoni
Riyozatning foydasi va uning siri nafs qabrda bo‘lmaydigan narsalarning birortasidan foydalanmay, faqatgina zarurat miqdoricha foydalanishidir. Yeyish-ichishdan, nikohdan, libosdan, turar joydan va har bir kerakli narsalardan faqat hojat va zarurat miqdoricha kifoyalanadigan bo‘ladi, chunki agar keragidan ortiqcha narsa bilan o‘zini foydalantirsa, unga ulfat bo‘ladi, o‘rganib qoladi. Agar olamdan o‘tadigan bo‘lsa ham, o‘rganib qolgani sababli dunyoga qaytishni orzu qiladi. Dunyoga qaytishni oxiratdan hech bir nasibasi
bo‘lmagan kishigina orzu qiladi. Bunday orzudan qutulish qalbning Allohning ma’rifati, Uning muhabbati bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i va U to‘g‘rida tafakkur qilmog‘i, Unga uzil-kesil qaytmog‘i bilan bo‘ladi. Bunga esa Allohning yordami bilan erishiladi.
Dunyodan faqat zikr va fikr to‘siqlarini daf qiladigan narsalar uchun kifoyalaniladi. Kim mana shuning haqiqatini qilishga qodir bo‘lmasa, unga yaqinlashsin. Bu to‘g‘rida ham insonlar to‘rt xildirlar: avvalgisi - qalbi butkul Allohning zikriga g‘arq bo‘lgan kishi. Bunday odam dunyoga faqat yashash zaruratlaridagina boqadi, xolos. U siddiqlardandir. Bu martabaga uzoq vaqt riyozat qilish va juda uzoq muddat shahvatlaridan tiyilish bilan yetgan.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 4 / 5
(11.02.2010 13:00:00) | (70 марта ўқилди)
БУ БОБДА РАСУЛУЛЛОҲ СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМНИНГ ЙИҒЛАГАНЛИКЛАРИ ВА ЗОРИЛАРИ ҲАҚИДА БАЁН ҚИЛИНАДИ
Инсоннинг йиғлаши бир неча сабабдан бўлади. Гоҳо бир кишига раҳми келиб йиғлар, гоҳо қўрқиб йиғлар, гоҳо соғиниб йиғлар, гоҳо хурсандликдан йиғлар, гоҳо оғриқдан йиғлар, гоҳо хафаликдан йиғлар, гоҳо мазлумликдан йиғлар, гоҳо тавба қилиб йиғлар, гоҳо мунофиқликдан ёлғон йиғлар. Расули акрам соллаллоҳу алайҳи васалламнинг йиғилари аксари бирор ўлган мусулмон ҳолига ачиниб, раҳмлари келиб, шафқатдан бўлар эди, ёки Аллоҳ Таолодан қўрқиб ва Унинг муҳаббатидан йиғлар эдилар.
248. Абдуллоҳ ибн Шиххир розияллоҳу анҳу дедилар: Бир кун мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларига келдим. Жаноб намозга машғул эканлар. Ичларидан йиғлаганликларидан гўё мис қозон қайнаб турган каби овоз келар эди.
249. Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳу дедилар: Бир кун менга Расулуллоҳ соллаллоҳу алайхи васаллам “Қуръон ўқиб эшиттир” дедилар. Мен дедим: “Ё Расулаллоҳ, мен ўзларига ўқиб эшиттирайми, ҳолбуки, Қуръони карим ўзларига нозил бўлгандир”. Жаноб дедилар: “Мен Қуръонни бошқадан эшитишни дўст тутаман”. Абдуллоҳ ибн Масъуд дедилар: “Кейин мен сураи НИСОни бошладим. Ўқиб бориб, бу оят шарифага етдим: (Таржимаси) Қачонки, биз ҳар уммат устига бир гувоҳни хозир қилсак ва сизни улар устига гувоҳ қилиб келтирсак, кофирларнинг ҳоллари қандай бўлади?” Шу оятга етганда кўрдимки, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг икки муборак кўзларидан ёш оқиб турарди.
(10.02.2010 00:50:39) | (74 марта ўқилди)
Подшоҳлардан бири Мажнуннинг ишқ кўйида дали девона бўлиб, чўлларда сарсон кезишидан Лайлига кўп қизиқар эди. Лайлини топиб, ҳузурига келтиришларини буюрди. Лайлини шоҳ ҳузурига келтирдилар. Подшоҳ Лайлига разм соларкан қорачадан келган, сиртдан оддий канизакдан фарқи йўқ бир оддий қизни кўрди. Шунда у Лайлига қараб:
- Мажнунни ишқинг-ла девона қилиб, тоғларда, чўлларда сарсон этган Лайли сенмисан? Ажабо, гўзалликда сени бошқалардан ҳеч бир ортиқ жойинг йўқ. Оддий бир аёлдан ҳам фарқинг билинмайди. Шундай экан, қандай қилиб Мажнун кўйингда девона бўлди?
Лайли ҳеч иккиланмай жавоб берди:
- Подшоҳим, бошқа гапирманг. Чунки сиз Мажнун эмассиз. Мендаги гўзалликларни кўра олишингиз учун сизга Мажнуннинг кўзлари керак бўлур,– деди.
Подшоҳ бу мантиқли сўзлар қаршисида таслим бўлиб, сукутда қолди.
- Мавзу: Бадиий адабиёт
- Баҳо: 5 / 5
(09.02.2010 13:00:00) | (48 марта ўқилди)
Islom dini yalqovlikni qoralaydi. Din ishlarida ham, dunyo ishlarida ham tanballikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi. Oxirat uchun ham, dunyo hayoti uchun ham halol ishlashga undaydi. Alloh taologa maqbul va mahbub bir shaklda yashash va ishlashga targ‘ib
qiladi.
* * *
Insoniylik islomiyat bilangina komil va to‘liq bo‘ladi. Islomiyatdan mahrum odamiylik komillikdan juda yiroq bo‘lgan bir noqislikdir.
* * *
Salafi solihinlarni ko‘zga ilmaydigan, hurmatini joyiga qo‘ymaydigan, odob
saqlamaydigan kimsalarning hayotida taqvo yo‘qdir. Zero, taqvo bo‘lmagan joyda odob, hurmat, rahmat bo‘lmaydi.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
(07.02.2010 10:00:00) | (41 марта ўқилди)
Yetim molini yeyish va unga zulm qilish
Alloh taolo shunday deydi:
«Etimlarning mollarini zulm yo'li bilan eydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni egan bo'lurlar. Va, albatta, do'zaxga kirajaklar!» (Niso surasi, 10).
Etimlarning mollarini nohaq eydigan kimsalar aslida olov egan bo'lib, qiyomat kuni qorinlarida alangalanib turadi.
Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Etim molini zulm yo'li bilan eydigan kimsa qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og'zi, burni, quloq va ko'zlaridan chiqib turadi. Uni ko'rgan har bir odam u etim molini eganini darhol bilib oladi».
Alloh taolo etim moli haqida:
«U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo'lib qolmasin, deb shoshilib eb qo'ymanglar. (Etimni o'z qaramog'iga olgan) kishi agar boy bo'lsa, (etimning molidan) parhez qilsin, kambag'al bo'lsa, yaxshilik bilan (ya'ni, qilgan xizmatiga yarasha) olib esin» (Niso surasi, 6).
Ulamolar: «Yaxshilikdan ortiqchasini eyish harom bo'ladi», deyishgan. Ibn Javziy o'z tafsirlarida yaxshilik bilan eyish haqidagi to'rt xil qarashni keltirganlar:
1. Qarz hisobida olish.
2. Isrof qilmasdan ehtiyojiga yarasha olib eyish.
3. Yetim uchun qilgan xizmatiga yarasha olish.
4. Zarur bo'lib qolganda olib, imkoni bo'lganda qaytarish, agar imkoni bo'lmasa qaytarmay qo'yaveradi.
(05.02.2010 10:00:00) | (45 марта ўқилди)
Insonlar Hazrati Odam alayhissalomdan tarqalgan birodarlarimiz bo‘lgani uchun ularni sevamiz. Hammani yaxshi ko‘ramiz... «Bu ham mening Odam odamalayhissalom Otamdan tarqalgan bir avlod», deb sevamiz. Shu sababdan ularning to‘g‘ri yo‘lga kelishini xohlaymiz. Kufrda qolmasligini istaymiz. Nafsiga qul bo‘lmasligini istaymiz... Shuning uchun, kechiruvchan bo‘lib, muhabbat bilan, sabr bilan insonlarga xizmat qilamiz: hech bir insonni ayirmaymiz, hech bir millatni ayirmaymiz, hech bir suhbatdoshni past ko‘rmaymiz... Qarabsizki, bir g‘ayri muslim musulmon bo‘libdi! Avstraliyada, menga ixvon (do‘st, og‘ayni) bo‘lmoq niyatida bir rum oldimizga keldi. Zikr vazifasini olib, tariqatga kirdi, alhamdulilloh, ko‘pgina birodarlarimizdan ko‘ra yaxshiroq ishlar qildi... Braziliyalik birovi kelib, intisob etdi... Armani musulmon bo‘lishi mumkin, bulg‘or musulmon bo‘lishi mumkin. Tag‘in boshqa birovi musulmon bo‘lishi mumkin. Musulmon bo‘lishi uchun ham urinmog‘imiz shart. Chunki uning boshqa bir yo‘li yo‘q... Ingliz musulmon bo‘lgay, mutasavvif bo‘lgay. Olmon musulmon bo‘lgay. Bunga misollar ko‘p. Shuning uchun bizning usulimiz juda keng bir usul. Bir-birlarimizga birodar, qarindosh bo‘lishimiz kerak edi. Buni hatlab, buni chetlab o‘tyapmiz.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
|

Фойдаланувчилар
 Хуш келибсиз Аноним
Аъзолар:
 Охирги аъзо: Ozodnur
 Жами аъзолар: 732
Ҳозир сайтда 4 киши онлайн

Кўп ўқилганлар

RSS

Сайтда излаш
|