|
INSONLARNI NECHUN SEVAMIZ?
Insonlar Hazrati Odam alayhissalomdan tarqalgan birodarlarimiz bo‘lgani uchun ularni sevamiz. Hammani yaxshi ko‘ramiz... «Bu ham mening Odam odamalayhissalom Otamdan tarqalgan bir avlod», deb sevamiz. Shu sababdan ularning to‘g‘ri yo‘lga kelishini xohlaymiz. Kufrda qolmasligini istaymiz. Nafsiga qul bo‘lmasligini istaymiz... Shuning uchun, kechiruvchan bo‘lib, muhabbat bilan, sabr bilan insonlarga xizmat qilamiz: hech bir insonni ayirmaymiz, hech bir millatni ayirmaymiz, hech bir suhbatdoshni past ko‘rmaymiz... Qarabsizki, bir g‘ayri muslim musulmon bo‘libdi! Avstraliyada, menga ixvon (do‘st, og‘ayni) bo‘lmoq niyatida bir rum oldimizga keldi. Zikr vazifasini olib, tariqatga kirdi, alhamdulilloh, ko‘pgina birodarlarimizdan ko‘ra yaxshiroq ishlar qildi... Braziliyalik birovi kelib, intisob etdi... Armani musulmon bo‘lishi mumkin, bulg‘or musulmon bo‘lishi mumkin. Tag‘in boshqa birovi musulmon bo‘lishi mumkin. Musulmon bo‘lishi uchun ham urinmog‘imiz shart. Chunki uning boshqa bir yo‘li yo‘q... Ingliz musulmon bo‘lgay, mutasavvif bo‘lgay. Olmon musulmon bo‘lgay. Bunga misollar ko‘p. Shuning uchun bizning usulimiz juda keng bir usul. Bir-birlarimizga birodar, qarindosh bo‘lishimiz kerak edi. Buni hatlab, buni chetlab o‘tyapmiz. |
UzIslam.Com, http://www.uzislam.com