Янгиликлар

Ушбу мавзу ичида қидириш: Фиқҳ

[ Бош саҳифага | Янги мавзу танланг ]

O'ttiz to'rtinchi gunohi kabira

(11.03.2010 13:00:00) | (2 марта ўқилди)
Zararli vasiyat qilish

Alloh taolo aytadi:
«(Bu taqsimotlar) merosxo'rlarga zarar etkazmaydigan holda qilinagan vasiyat va qarzlar ado qilinganidan keyin bo'lur. (Ya'ni, vasiyat merosxo'rlarga zarar etkazmaydigan bo'lishi lozim. Yo'q qarzni vasiyat qilish - zararli vasiyatdir.) (Bu hukmlar) Alloh tomonidan bo'lgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir» .
Ya'ni, Alloh zararli vasiyatni ham, boshqasini ham, bilguvchidir, osiylarni jazolashga shoshilmaydigan halimdir.

«Mana shu Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o'sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta saodatdir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo'ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo'lmish do'zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 12-14).

O'ttiz uchinchi gunohi kabira

(03.03.2010 13:00:00) | (16 марта ўқилди)
Allohning do'stlari - avliyolarga ozor berish

Alloh azza va jalla aytadi:
«Mo'min va mo'minalarga biron gunoh qilmaslaridan ozor beradigan kimsalar ham bo'hton va ochiq gunohni o'z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
«O'zingizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting (ya'ni, ularga xush xulq bilan kamtarona muomalada bo'ling)!» (Shuaro surasi, 215).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Kim mening do'stimga dushmanlik qilsa, haqiqatda Men u bilan jang qilishga kirishganimni bildirgan bo'laman», dedi» (Buxoriy).

Boshqa bir rivoyatda: «Menga qarshi jangga kirishibdi», deyilgan.
Hadisda aytiladiki, Abu Sufyon bir necha sheriklari bilan Salmon, Suhayb va Bilol oldiga kelgan edi, ular: «Allohning qilichlari Allohning dushmanidan oladiganini hali olib bo'lmadi», deyishdi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu ularga: «Quraysh oqsoqoli va sayyidiga shu gapni aytasizlarmi?!» dedi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bo'lgan voqeani so'zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ehtimol ularni g'azablantirgandirsiz?! Bordi-yu ularni g'azablantirgan bo'lsangiz, shak-shubhasiz, Rabbingizni g'azablantiribsiz», dedilar. Abu Bakr ularning oldiga kelib: «Ey birodarlar, sizlarni g'azablantirib qo'ydimmi?!» deb so'ragan edi, ular: «Yo'q, ey birodar, Alloh sizni mag'firat qilsin», deya javob berishdi (Muslim rivoyati).

O'ttiz ikkinchi gunohi kabira

(25.02.2010 13:00:00) | (29 марта ўқилди)
Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish

Alloh taolo marhamat qiladi:
«Mo'min va mo'minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan turib ozor beradigan kimsalar ham bo'hton va ochiq gunohni o'z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).

Ya'ni, iymon ahliga hech bir gunoh-jinoyat qilmasalar-da ozor beradigan kimsalar o'z ustlariga yolg'on, bo'hton va ulkan gunohni yuklab olgan bo'ladilar.

«Ey iymon keltirganlar, (sizlardan bo'lgan) bir qavm, boshqa bir (mo'min) qavmdan masxara qilib kulmasin, ehtimol (o'sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (sizlardan bo'lgan) ayollar ham (boshqa mo'mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) - ehtimolki, (o'sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni (ya'ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo'yib olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya'ni, mo'min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o'shalar zolim kimsalardir» (Hujurot surasi, 11).

O'ttiz birinchi gunohi kabira

(17.02.2010 13:00:00) | (43 марта ўқилди)
Qo'shniga ozor berish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo'min emas. Allohga qasamki, mo'min emas. Allohga qasamki, mo'min emas», dedilar. «Kim, yo Rasululloh?» deb so'rashgan edi, «Yomonligidan qo'shnisi xotirjam bo'lmagan kimsa», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Yomonligidan qo'shnisi emin bo'lmagan kimsa jannatga kirmaydi», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so'rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: «Allohga boshqa narsani sherik qilishing. Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo'lishidan qo'rqib farzandingni o'ldirishing va qo'shningning jufti haloli bilan zino qilishing», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).

O'ttizinchi gunohi kabira

(07.02.2010 10:00:00) | (41 марта ўқилди)
Yetim molini yeyish va unga zulm qilish

Alloh taolo shunday deydi:
«Etimlarning mollarini zulm yo'li bilan eydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni egan bo'lurlar. Va, albatta, do'zaxga kirajaklar!» (Niso surasi, 10).

Etimlarning mollarini nohaq eydigan kimsalar aslida olov egan bo'lib, qiyomat kuni qorinlarida alangalanib turadi.

Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Etim molini zulm yo'li bilan eydigan kimsa qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og'zi, burni, quloq va ko'zlaridan chiqib turadi. Uni ko'rgan har bir odam u etim molini eganini darhol bilib oladi».

Alloh taolo etim moli haqida:
«U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo'lib qolmasin, deb shoshilib eb qo'ymanglar. (Etimni o'z qaramog'iga olgan) kishi agar boy bo'lsa, (etimning molidan) parhez qilsin, kambag'al bo'lsa, yaxshilik bilan (ya'ni, qilgan xizmatiga yarasha) olib esin» (Niso surasi, 6).
Ulamolar: «Yaxshilikdan ortiqchasini eyish harom bo'ladi», deyishgan. Ibn Javziy o'z tafsirlarida yaxshilik bilan eyish haqidagi to'rt xil qarashni keltirganlar:
1. Qarz hisobida olish.
2. Isrof qilmasdan ehtiyojiga yarasha olib eyish.
3. Yetim uchun qilgan xizmatiga yarasha olish.
4. Zarur bo'lib qolganda olib, imkoni bo'lganda qaytarish, agar imkoni bo'lmasa qaytarmay qo'yaveradi.

Yigirma to'qqizinchi gunohi kabira

(27.01.2010 10:00:00) | (52 марта ўқилди)
Tarozi, o'lchov va shu kabi narsalardan urib qolish

Alloh taolo aytadi:
«(O'lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo'lgay! Ular odamlardan (biron narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan, ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir» (Mutaffifun surasi, 1-3).

Ya'ni, ular shunday kimsalarki, agar o'zlari boshqalardan biron narsa olishsa, to'liq qilib olishadi, boshqalarga biron narsa sotishsa, urib qolishadi.
Suddiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan vaqtlarida u erda Abu Juhayna ismli kishi bor edi. Uning ikkita «mikyoli» (o'lchov asbobi) bo'lib, biri bilan odamlarga o'lchab berar, ikkinchisi bilan o'ziga o'lchab olar edi. Shu bois Alloh mazkur oyatni nozil qildi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog'liq». « Rasululloh, biri ikkinchisiga bog'liq bo'lgan besh ish qaysi?» deb so'rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, Alloh ularga dushmanlarini hukmron qilib qo'yadi. Alloh nozil etgan narsadan boshqasi bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlari avj olsa, Alloh ularga o'lat yuboradi, ya'ni o'lim ko'payadi. O'lchov va tarozidan urib qolsa, nabototlar o'smay, bir necha yil qurg'oqchilikka duchor bo'ladilar. Zakot bermasalar, yomg'ir yog'may qo'yadi», dedilar» (Tabaroniy rivoyati).

Yigirma ettinchi gunohi kabira

(05.01.2010 10:00:00) | (49 марта ўқилди)
Sudxo'rlik

Alloh taolo aytadi:
«Ey mo'minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib (olish bilan) sudxo'rlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz!» (Oli Imron surasi, 130).

«Sudxo'r bo'lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay' (oldi-sotdi) ham sudxo'rlikning o'zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).

Ya'ni, ular Alloh harom qilgan ish - sudxo'rlikni halol bildilar. Shu sababli qiyomat qoim bo'lib, Alloh odamlarni qayta tiriltirgan vaqtda sudxo'rlardan tashqari barcha odamlar qabrlaridan tezda turib ketadilar.

Sudxo'rlar xuddi tutqanog'i bor odamdek o'rinlaridan turishlari bilan yiqiladilar. Ularning dunyoda sudxo'rlik orqali egan harom narsalarini Alloh qiyomat kunida qorinlarida ko'paytirib qo'yadi va bu ularga og'irlik qiladi. Ular turmoqchi bo'ladilar-u, biroq yiqilib tushaveradilar.

Yigirma oltinchi gunohi kabira

(23.12.2009 10:00:00) | (58 марта ўқилди)
Allohdan boshqaga atab jonliq so'yish

Alloh taolo buyuradi:
«Allohning nomi zikr qilinmagan narsalardan emangiz!» (An'om surasi, 121)
Ibn Abbos roziyallohu anhumo ushbu oyati karimaning tafsirida shunday deganlar: «Undan murod o'limtik, bo'g'ilib o'lgan va but-sanamlarga atab so'yilgan jonivorlar».

Kalbiy aytganlarki: «Ular Alloh nomi zikr qilinmagan yoki Alloh taolodan boshqaga atab so'yilgan jonivorlardir».

Ato aytganlar: «Quraysh qabilasi va boshqa arablar butlarga atab so'ygan jonliqlar».

«...Zotan, bu ish itoatsizlikdir. Albatta, shaytonlar o'z do'stlarini (ya'ni, mushriklarni) sizlar bilan tortishishlari uchun vasvasaga solurlar». Ya'ni, mushriklar mo'minlar bilan o'limtiklar xususida tortishadilar.

Yigirma beshinchi gunohi kabira

(13.12.2009 09:00:00) | (57 марта ўқилди)
Qodir bo'laturib Haj qilmaslik

Alloh azza va jalla shunday deydi:
«Va yo'lga qodir bo'lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni (Ka'bani) haj - ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo'lsa (ya'ni Ka'bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta, Alloh butun olamlardan behojat bo'lgan zotdir» (Oli Imron surasi, 97).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kim hajning farzligini inkor qilsa, u aniq kofir bo'libdi va Alloh undan behojatdir».

Hazrati Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Kimning haj qilishga imkoni bo'laturib haj qilmasa, u yahudiy bo'lib o'ladimi yoki nasroniy bo'libmi, farqi yo'q» (Abu Bakr Ismoiliy rivoyat qilgan, sahih hadis).

Yigirma uchinchi gunohi kabira

(15.11.2009 08:00:00) | (72 марта ўқилди)
Ehtiyojdan ortiqcha suvni qizg’anish

Alloh taolo aytadi:
«Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (to'satdan ichar) suvlarin giz (er tubiga) singib ketar bo'lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?!» (Mulk surasi, 30).
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yaylovni xarob qilish maqsadida ortiqcha suvni to'smanglar» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim ortiqcha suvini yoki ortiqcha o't-o'lanini man qilsa (ya'ni, boshqalarga bermasa), Alloh azza va jalla qiyomat kunida undan O'z fazlini man qiladi» (Imom Ahmad rivoyati).

Imom Zahabiy, “Gunohi kabiralar”

1 2 3 4 5 6 7 8 9
»
_TOGGLE Фойдаланувчилар

Хуш келибсиз Аноним

Исм
Парол


Аъзолар:
Охирги аъзо: Ozodnur
Жами аъзолар: 732

Ҳозир сайтда 2 киши онлайн

_TOGGLE Кўп ўқилганлар

_TOGGLE RSS

_TOGGLE Сайтда излаш