Янгиликлар

Ушбу мавзу ичида қидириш: Оила ва жамият

[ Бош саҳифага | Янги мавзу танланг ]

Аёлнинг яшаш жойи

(09.06.2009 07:00:00) | (126 марта ўқилди)

Хотиннинг яшаш жойи(ни тайёрлаб бериш) эрига вожиб бўлади.

У бир уй бўлиб, эрнинг оиласидан ҳеч ким бўлмаслиги керак, агарчи эрнинг бошқа хотиндан бўлган боласи бўлса ҳам (унда яшамаслиги керак). Ёки эрнинг (оиласи билан яшаётган) ҳовлисидаги бир алоҳида хона бўлиши мумкин. Унинг қулфи хотинда бўлади.

Ўша хона хотинга кифоя қиладиган бўлиши лозим.

Очиқ конфетлар

(14.04.2009 11:55:46) | (169 марта ўқилди)
Ўғлим улғайиб қолганида, уни уйлантириш мақсадида келин қидира бошладим. Ўғлим олий маълумотли бўлгани учун менга замонавий ва "очиқ" қизга уйланмоқчи эканлигини айтди. Мен унга донолик билан тушунтириш мақсадида бир тадбирга қўл урдим.

Бир куни нонушта қилиб ўтирганимизда, тарелкада жуда ҳам ширин ва чиройли конфетларни олдига қўйдим. Бу конфетлардан баъзиларини атайин очиб қўйган эдим. Сўнг секин кузата бошладим.

У очилмаган конфетлардан бирини олиб, очди ва ея бошлади. Бироздан сўнг ҳеч нарсани билмагандай: "Ўғлим, нима сабабдан очиб қўйилган конфетларни олиб емаяпсан?" деб сўраган эдим, ўғлим: "Очиқ конфетларга вирус тушган бўлиши мумкин. Ёки ҳашоратлар теккан бўлиши, ёки кимдир тишлаб, қолдирган бўлиши мумкин. Шунинг учун олмадим" - деб жавоб берди.

У шу сўзларни айтишга айтдию, дарҳол гап нимадалигини тушуниб етди, уялганидан қизариб кетди.
Шундан кейин бу мавзуга бошқа қайтмади.

Ўғлимга донолик билан тушунтиришимга муваффақ қилган Аллоҳга ҳамду сано бўлсин.

Бахтинг сотилмайди

(05.02.2009 14:05:09) | (198 марта ўқилди)
— Сиз ўғлингизга бева хотин олиб бераётганингиз йўқ! — деди қизнинг онаси тап тортмай. — Қизимнинг ҳам орзу-ҳаваси бор. Унинг ҳам бахтли бўлгиси келади. Ана, жондай қўшнимнинг кенжасини ўтган куни "Лимузин"да олиб кетишди. У қиздан менинг қизимнинг бирор кам жойи борми?

— Майли, бир иложини қилармиз, — деди шўрлик қуда бошини эгиб. — Лекин қудажон, бир гапни айтиб қўяй: бахтни "Лимузин"дан излаш керак эмас! Бахтнинг калити...

— Бунақа гапларни кўп эшитганмиз. Инсон дунёга бир марта келади. Бундай кун ҳаётда фақат бир марта бўлади. Шундай экан...

— Ахир Аллоҳ таолонинг куни кўп!

— Сиз айтганимизни қилинг, қизимнинг кўнгли ўксимасин.

— Хўп.

* * *

Hazrati Salmoni Forsiy (ra) ning uylanishlari

(02.04.2008 15:00:00) | (281 марта ўқилди)
"Uylanishga qodirmisiz?" turkumidan

Hazrati Abu Abdurahmon Aslami (ra) Hazrat Salmoni Forsiy (ra) ning Kinda qabilasidan bo’lgan bir ayolga uylanishi haqida rivoyat qiladi.

Tun kirganda Hazrat Salmoni Forsiy (ra) va uning do’stlari kelinning uyiga kelishadi. Uyga yetishganda Hazrat Salmoni Forsiy (ra) do’stlaridan uni tark etib ortlariga qaytishlarini so’raydi va haqlariga duo qiladi. Mushriklar davridan qolgan odatga ko’ra kuyovjo’ralarning kuyov bilan qolishlariga u rozi bo’lmaydi.

Hazrati Rabiah Aslami (ra)ning turmush qurishlari

(26.03.2008 15:10:00) | (213 марта ўқилди)
"Uylanishga qodirmisiz?" turkumidan

Hazrati Rabiah Aslami (ra) Payg’ambar (saw)ga xizmat qilib yurgan paytlaridan hikoya qiladi. Bir kuni Payg’ambar (saw) undan so’radilar: “Ey Rabiah, sen nima uchun uylanmaysan?” Hazrati Rabiah Aslami (ra) dedi: “Ey Allohning rosuli, Allohga qasamki, biror ayolga uylanish niyatim yo’q, xotinimning zarur talablarini qondirish uchun moddiy imkoniyatim yetmaydi va meni sizga xizmat qilishimdan biror narsa to’sishini yoqtirmayman”. Buni eshitib, Rasululloh (saw) sukut saqladilar. Bir necha kundan so’ng u kishi menga yana dedilar: “Ey Rabiah, sen nima uchun uylanmaysan?” Hazrati Rabiah Aslami (ra) yana dedi: “Xotinimni ta’minlash uchun moddiy imkoniyatim yo’qligi bois uylanish niyatim yo’q va biror narsa meni sizga xizmat qilishdan to’sishini xohlamayman”. Payg’ambar (saw) yana sukut saqladilar. Endi Hazrati Rabiah Aslami (ra) o’ylay boshladi va o’ziga o’zi dedi: “Allohga qasamki, Rasululloh (saw) mening bu dunyo va oxiratdagi ishlarimni mendan ko’ra yaxshiroq biladi. Agar kelajakda ul zot yana menga turmush qurish haqida aytsalar, men albatta, ulardan meni uylantirib qo’yishlarini so’rayman”.

Hijobsiz muslimaning 10 bahonasi (3-qism)

(24.03.2008 04:00:00) | (307 марта ўқилди)
8-uzr: Men hijob farz ekanligini bilaman, ammo unga Allohning o`zi hidoyat qilsa, shunda kiraman.

Biz bu singlimizga ushbu savolni beramiz: Alloh hidoyat etmog`i uchun siz nima qilasiz? Ma`lumki, Alloh taolo barcha ishlar uchun sabablarni yaratgan. Shuning uchun bemor tuzalishi uchun dori iste`mol qiladi, musofir manziliga etishi uchun markabiga minadi va h.k.

Singlimiz hidoyatga erishmoq uchun haqiqatan zarur sabablarni ro`yobga chiqardimi? Masalan, Allohdan "Bizlarni to`g`ri yo`lga yo`llagaysan" (Fotiha:6) deb holis so`radimi, ahir Alloh bandaning so`raganini berguvchi-ku?

Ihlosli muslimalar jamiyatini o`zingizga lozim tuting - zero ular ayol kishining hidoyatga sabab bo`lguvchi eng kuchli omillardan biridir - toki Alloh sizni haq yo`liga, taqvo va amali solihlarga yo`llasin.

Muslima Allohning buyruqlariga inobat qilib, farzu-vojiblariga amal qilmog`i kerak, hijob esa o`sha farzlarning biridir.

Hulosa: Agar bu singlimiz hidoyatga erishish niyatida holis bo`lsa, kerakli sabablarni qoim etmog`i lozim.

Hazrati Ali (ra) ning nikohlari

(20.03.2008 15:05:00) | (247 марта ўқилди)
"Uylanishga qodirmisiz?" turkumidan

Hazrati Ali (ra), Hazrati Fotima (ra) bilan nikoh qurish haqidagi muzokaralar boshlangan edi, deya xabar beradi. Xizmatkori undan, Hazrati Fotima (ra) bilan turmush qurish haqidagi maslahat boshlanganidan xabardormisan, deb so’raydi. Hazrati Ali (ra) yo’q deb javob beradi. Xizmatkor mazkur suhbat boshlanganini va Hazrati Fotima (ra) undan o’z qo’lini so’rashni taklif etayotganini aytadi. Keyinroq, Hazrati Fotima (ra) Hazrati Ali (ra) dan nima uni turmush qurish haqida taklif etishdan to’sayotganini ham so’rattiradi. Bunga javoban Hazrati Ali, (ra) nikoh marosimlari uchun moddiy imkoniyati yo’qligini aytadi. Hazrati Fotima (ra) undan Payg’ambar (saw) huzurlariga borishini so’raydi. Bu narsa Hazrati Fotima (ra) tomonidan ko’p bor takrorlangach, u Payg’ambar (saw) huzurlariga borishga majbur bo’ladi. Hazrati Ali (ra) shunday hikoya qiladi:

Hijobsiz muslimaning 10 bahonasi (2-qism)

(14.03.2008 04:25:00) | (305 марта ўқилди)
4-uzr: "Issiq kunlarda shundoq ham zo`rg`a chidayman-u, endi yana hijobga qanday chidash mumkin!"

Alloh shunday misol keltiradi: "Ayting: "Agar ular anglay olsalar, jahannam otashi yanada issiqroqir!" (Tavba:81)

Dunyodagi issiq bilan do`zahning otashini qanday taqqoslay olardingiz? Bilingki, singlim, Shayton sizni o`zining zaif arqonlari bilan o`rab dunyoning issig`idan ohirat oloviga tortmoqda. O`zingizni qutqaring, bilingki, quyosh - bahtsizlik emas, balki ne`matdir. U siz zo`rg`a chidayotgan jazirama issiqdan necha barobar qattiqroq issiqni - ohiratning taftini esga solib turar ekan, uning qadri-qiymati, aksincha, yana-da oshadi.

Allohning buyruqlariga qayting, dunyoning qulayliklarini do`zah azobidan qutulish yo`lida qurbon eting. Bu azob haqida Alloh aytadi: "Ular u joyda (jahannam o`tidan orom beradigan) biron salqinni va biron ichimlikni topmaslar! Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar)!" (Naba`:24-25)

Hulosa: Jannat atrofi mehnat va nafs yoqtirmagan narsalar bilan, do`zah esa vasvasalar, shahvat va nafs hohlagan narsalar bilan o`ralgan.

Uylanishga qodirmisiz?

(12.03.2008 01:11:28) | (258 марта ўқилди)
Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy va Abu Zayd Shibliyning “Nurul Izoh” kitobida uylanishning shar’iy hukmi quyidagicha keladi:

“Shariatda uylanishning hukmi, kishining jismoniy quvvati, oila mas’uliyatini uddalashi, uylanmasa, zinoga ketish xavfiga ko’ra besh xil bo’ladi:

Hijobsiz muslimaning 10 bahonasi

(25.02.2008 04:00:00) | (557 марта ўқилди)
Barcha hamdu-sano cheksiz qudrat va Hikmat egasi bo`lmish Allohga loyiqdir.
Allohning rizosi va jannati sari yo`lni o`rgatgan Payg`ambarga salavotu salomlar bo`lsin.

Bu yo`l - yagona to`g`ri yo`l bo`lib, har tarafdan sharaf, olijanoblik va oliy hulqlar bilan yuksalgan, hamda poklik, hayo va iffat libosi bilan ziynatlangandir. Undan Odam avlodining ikki toifasi - erkak va ayollar - dunyo va ohiratdagi barqaror va baht-saodatli hayot uchun qadam qo`yganlar.

Mana shuning uchun har qanday nuqsonu-kamchilikdan pok Mehribon Yaratuvchimiz O`zining ayol bandalariga ularning nomusini, iffatini himoya qilish uchun, iymonlarining izhor-alomati o`laroq hijob kiymoqqa buyurdi. Shu bilan birga, Allohning buyrug`idan uzoqlashgan va Uning haq yo`lidan yuz o`girgan jamiyatlar (ular hoh musulmonlar bo`lsin, hoh nomusulmonlar) asl morhiyatlari bilan fasod jamiyatlaridir, hamda isloh va baht-saodatli hayotga qaytishga muhtojdirlar.

1 2
»
_TOGGLE Фойдаланувчилар

Хуш келибсиз Аноним

Исм
Парол


Аъзолар:
Охирги аъзо: Ozodnur
Жами аъзолар: 732

Ҳозир сайтда 4 киши онлайн

_TOGGLE Кўп ўқилганлар

_TOGGLE RSS

_TOGGLE Сайтда излаш