|
Qur’oni Karim
Qur’oni Karim: 14. Ibrohim surasi, jami 52 oyatالَر كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَى صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ 14.1 . Alif, Lom, Ro. (Ey, Muhammad! Bu Qur'on) Parvardigorlarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga - qudrat va hamd egasining yo'liga - olib chiqishingiz uchun Sizga Biz nozil qilgan Kitobdir. اللّهِ الَّذِي لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَوَيْلٌ لِّلْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ شَدِيدٍ 14.2 . (U yo'l) osmonlar va Yerdagi bor narsa Uniki bo'lgan Allohning (yo'lidir). Qattiq azob dastidan kofirlar holiga voy! الَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى الآخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجاً أُوْلَـئِكَ فِي ضَلاَلٍ بَعِيدٍ 14.3 . Ular dunyo hayotini oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo'lidan qaytaradigan va uni qing'ir qilishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo'ldan) yiroq gumrohlikdadirlar. وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلاَّ بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ فَيُضِلُّ اللّهُ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي مَن يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 14.4 . Biz har bir payg'ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o'z qavmining tili bilan (so'zlaydigan qilib) yubordik. Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir. وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَى بِآيَاتِنَا أَنْ أَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِأَيَّامِ اللّهِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ 14.5 . Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): "Qavmingni zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlari (ne'matlari)ni eslatgin! Albatta, bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir". وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ اذْكُرُواْ نِعْمَةَ اللّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ أَنجَاكُم مِّنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوءَ الْعَذَابِ وَيُذَبِّحُونَ أَبْنَاءكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاءكُمْ وَفِي ذَلِكُم بَلاء مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ 14.6 . O'shanda Muso qavmiga aytdi: "Allohning sizlarga bergan ne'matini - sizlarni og'ir azoblar bilan qiynayotgan, o'g'illaringizni so'yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn zodagonlaridan qutqarganimizni eslangiz. Ana o'sha (ish)larda Parvardigoringiz tomonidan ulkan sinov bordir". وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ 14.7 .Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so'zlar)ni eslangiz: "Qasamki, agar (bergan) ne'matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangizlar, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir". وَقَالَ مُوسَى إِن تَكْفُرُواْ أَنتُمْ وَمَن فِي الأَرْضِ جَمِيعاً فَإِنَّ اللّهَ لَغَنِيٌّ حَمِيدٌ 14.8 . Muso (yana) dedi: "Agar sizlar (O'zingiz) va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir bo'lsalaringiz ham (Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat va hamd egasidir". أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَأُ الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَالَّذِينَ مِن بَعْدِهِمْ لاَ يَعْلَمُهُمْ إِلاَّ اللّهُ جَاءتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَرَدُّواْ أَيْدِيَهُمْ فِي أَفْوَاهِهِمْ وَقَالُواْ إِنَّا كَفَرْنَا بِمَا أُرْسِلْتُم بِهِ وَإِنَّا لَفِي شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَنَا إِلَيْهِ مُرِيبٍ 14.9 . Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyin o'tgan, faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga payg'ambarlari hujjatlari bilan kelganlarida, ular qo'llari bilan (payg'ambarlarning) og'izlarini to'sib, dedilar: "Biz sizlar elchi qilib yuborilgan narsa (din)ga kufr keltirdik. Biz sizlar bizni da'vat qilayotgan narsangiz (diningiz)dan shak(-shubha)dadirmiz". قَالَتْ رُسُلُهُمْ أَفِي اللّهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ يَدْعُوكُمْ لِيَغْفِرَ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرَكُمْ إِلَى أَجَلٍ مُّسَـمًّى قَالُواْ إِنْ أَنتُمْ إِلاَّ بَشَرٌ مِّثْلُنَا تُرِيدُونَ أَن تَصُدُّونَا عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ آبَآؤُنَا فَأْتُونَا بِسُلْطَانٍ مُّبِينٍ 14.10 . Payg'ambarlari aytdilar: "Osmonlar va Yerning yaratuvchisi - Alloh (borligi va birligi) xususida shak bormi?! U sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilish va o'zlaringizni ma'lum muddatgacha (halok qilmay) kechiktirish uchun (imonga) da'vat qilmoqda-ku?!" Ular dedilar: "Sizlar (ham) bizga o'xshagan odamlarsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib o'tgan narsadan (sanamlarga sig'inishdan) to'smoqchisizlar, xolos. Bas, (agar chin payg'ambar bo'lsangizlar,) bizga aniq bir hujjat keltiringlar-chi?!" قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِن نَّحْنُ إِلاَّ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ وَلَـكِنَّ اللّهَ يَمُنُّ عَلَى مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَمَا كَانَ لَنَا أَن نَّأْتِيَكُم بِسُلْطَانٍ إِلاَّ بِإِذْنِ اللّهِ وَعلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ 14.11 .Payg'ambarlar ularga aytdilar: "(Ha), biz xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh o'zi xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur. Biz sizlarga Allohning irodasisiz biror hujjat keltira olmaymiz. Imon keltirganlar Allohgagina tavakkul qilsinlar! وَمَا لَنَا أَلاَّ نَتَوَكَّلَ عَلَى اللّهِ وَقَدْ هَدَانَا سُبُلَنَا وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَى مَا آذَيْتُمُونَا وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ 14.12 . Bizni (to'g'ri) yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaylik?! Albatta, biz sizlar yetkazgan aziyatlarga sabr qilurmiz! Tavakkul qiluvchilar Allohgagina tavakkul qilsinlar!" وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُواْ لِرُسُلِهِمْ لَنُخْرِجَنَّـكُم مِّنْ أَرْضِنَا أَوْ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا فَأَوْحَى إِلَيْهِمْ رَبُّهُمْ لَنُهْلِكَنَّ الظَّالِمِينَ 14.13 . Kufr yo'lidagi kimsalar o'z payg'ambarlariga: "Albatta, biz sizlarni yerimizdan (haydab) chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar", - dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga ( payg'ambarlarga): "Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz. وَلَنُسْكِنَنَّـكُمُ الأَرْضَ مِن بَعْدِهِمْ ذَلِكَ لِمَنْ خَافَ مَقَامِي وَخَافَ وَعِيدِ 14.14 . Ulardan so'ng (shu) yerga sizlarni joylashtirurmiz. Bu (va'da) Mening huzurimda (hisobot uchun) turishdan qo'rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavf qiluvchi kishilar uchundir",- deb vahiy yubordi. وَاسْتَفْتَحُواْ وَخَابَ كُلُّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ 14.15 .(So'ngra payg'ambarlar Allohdan) madad tilaydilar va har bir jabr va sarkashlik egasi umidsiz bo'lur. مِّن وَرَآئِهِ جَهَنَّمُ وَيُسْقَى مِن مَّاء صَدِيدٍ 14.16 . Uning ro'parasida jahannam turar. (Jahannamda) unga yiring suvidan berilur. يَتَجَرَّعُهُ وَلاَ يَكَادُ يُسِيغُهُ وَيَأْتِيهِ الْمَوْتُ مِن كُلِّ مَكَانٍ وَمَا هُوَ بِمَيِّتٍ وَمِن وَرَآئِهِ عَذَابٌ غَلِيظٌ 14.17 . Uni yutmoqchi bo'ladi-yu, (tomog'idan) o'tkaza olmas, unga har tomondan o'lim keladi-yu, u o'la olmas. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir. مَّثَلُ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمْ أَعْمَالُهُمْ كَرَمَادٍ اشْتَدَّتْ بِهِ الرِّيحُ فِي يَوْمٍ عَاصِفٍ لاَّ يَقْدِرُونَ مِمَّا كَسَبُواْ عَلَى شَيْءٍ ذَلِكَ هُوَ الضَّلاَلُ الْبَعِيدُ 14.18 . Parvardigorlariga kofir bo'lganlarning amallari bamisoli bo'ronli kunda qattiq shamol uchirib ketgan kuldir - ular qilgan amallaridan biror narsaga ega bo'la olmaydilar. Bu o'ta gumrohlikdir. أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللّهَ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ بِالْحقِّ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ 14.19 . (Ey, inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratib qo'yganini ko'rmadingmi?! Agar u xohlasa sizlarni ketkazib, (o'rningizga) yangi xalqni keltirur. وَمَا ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ بِعَزِيزٍ 14.20 . Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir. وَبَرَزُواْ لِلّهِ جَمِيعاً فَقَالَ الضُّعَفَاء لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُواْ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعاً فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا مِنْ عَذَابِ اللّهِ مِن شَيْءٍ قَالُواْ لَوْ هَدَانَا اللّهُ لَهَدَيْنَاكُمْ سَوَاء عَلَيْنَا أَجَزِعْنَا أَمْ صَبَرْنَا مَا لَنَا مِن مَّحِيصٍ 14.21 . (Qiyomat kunida) barcha (xaloyiq) Allohga ro'baro' bo'lur. Bechora hol (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashuvchi edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqara olurmisizlar?" deganlarida, ular aytadilar: "Agar Alloh bizni (haq yo'lga) hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan bo'lur edik. (Endi esa) chidamsizlik qilamizmi, sabr qilamizmi, biz uchun barobardir. Biz uchun hech qanday panoh yo'qdir". وَقَالَ الشَّيْطَانُ لَمَّا قُضِيَ الأَمْرُ إِنَّ اللّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ الْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ وَمَا كَانَ لِيَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَانٍ إِلاَّ أَن دَعَوْتُكُمْ فَاسْتَجَبْتُمْ لِي فَلاَ تَلُومُونِي وَلُومُواْ أَنفُسَكُم مَّا أَنَاْ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَا أَنتُمْ بِمُصْرِخِيَّ إِنِّي كَفَرْتُ بِمَا أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ إِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 14.22 . Qachonki, ish bitgach (ya'ni, jannat ahli jannatga, do'zaxilar do'zaxga hukm qilingach), shayton deydi: "Alloh sizlarga haq va'da qilgan edi. Men ham va'da berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men uchun sizlarning ustingizdan hech qanday iqtidor yo'q edi, illo men sizlarni (kufr yo'liga) chaqirdim. Sizlar menga ijobat etdingiz. Endi meni emas, o'zlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam beruvchi emassiz. Men sizlar ilgari meni (Allohga) sherik qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (kofirlar) uchun alamli azob bordir". وَأُدْخِلَ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلاَمٌ 14.23 . Imon keltirgan va ezgu ishlar qilganlar ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritilib, Parvardigorlarining izni bilan u joyda mangu qoladilar. Ularning (jannatdagi) ko'rishishlari salomlashishdan iboratdir. أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ اللّهُ مَثَلاً كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرةٍ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌ وَفَرْعُهَا فِي السَّمَاء 14.24 . (Ey, inson), Alloh pok so'zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko'rmadingmi?! (U so'z) xuddi bir yaxshi daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) o'rnashgan, shoxlari esa osmondadir. تُؤْتِي أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍ بِإِذْنِ رَبِّهَا وَيَضْرِبُ اللّهُ الأَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ 14.25 . Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana shunday misollarni keltirur. وَمَثلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ اجْتُثَّتْ مِن فَوْقِ الأَرْضِ مَا لَهَا مِن قَرَارٍ 14.26 .Yomon so'zning (ya'ni, kufr so'zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori yo'q nopok daraxtga o'xshar. يُثَبِّتُ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ وَيُضِلُّ اللّهُ الظَّالِمِينَ وَيَفْعَلُ اللّهُ مَا يَشَاءُ 14.27. Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So'z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yo'ldan ozdirur. Alloh (O'zi) xohlagan ishni qilur. أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ بَدَّلُواْ نِعْمَةَ اللّهِ كُفْراً وَأَحَلُّواْ قَوْمَهُمْ دَارَ الْبَوَارِ 14.28 . (Ey, inson), Allohning ne'mati (imon)ni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini halokat diyoriga qulatgan kimsalarni ko'rmadingmi?! جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا وَبِئْسَ الْقَرَارُ 14.29 . (U diyor) ular toblanadigan jahannamdir. Naqadar yomon qarorgoh! وَجَعَلُواْ لِلّهِ أَندَاداً لِّيُضِلُّواْ عَن سَبِيلِهِ قُلْ تَمَتَّعُواْ فَإِنَّ مَصِيرَكُمْ إِلَى النَّارِ 14.30 . Ular (odamlarni) Uning yo'lidan ozdirish uchun Allohga "teng"larni (o'ylab) topdilar. (Ey, Muhammad), ayting: "Foydalanib qolinglar! Bas, albatta, axiri boradigan joyingiz do'zaxdir". |
RSS
Сайтда излаш |