|
Qur’oni Karim
Qur’oni Karim: 23. Mu'minun surasi, jami 118 oyat23.1 . Mo'minlar najot topdilar. الَّذِينَ هُمْ فِي صَلَاتِهِمْ خَاشِعُونَ 23.2 . Ular namozlarida kamtardirlar. وَالَّذِينَ هُمْ عَنِ اللَّغْوِ مُعْرِضُونَ 23.3 . Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar. وَالَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَاةِ فَاعِلُونَ 23.4 . Ular zakotni ado etuvchidirlar. وَالَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَافِظُونَ 23.5 . Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir. إِلَّا عَلَى أَزْوَاجِهِمْ أوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ 23.6 . Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. فَمَنِ ابْتَغَى وَرَاء ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْعَادُونَ 23.7 . Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir. وَالَّذِينَ هُمْ لِأَمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ 23.8 . Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir. وَالَّذِينَ هُمْ عَلَى صَلَوَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ 23.9 . Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir. 23.10 . Aynan o'shalar, merosxo'rlardir, الَّذِينَ يَرِثُونَ الْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ 23.11 . Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u yerda ular mangu qoluvchidirlar. وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ مِن سُلَالَةٍ مِّن طِينٍ 23.12 . Qasamki, Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. ثُمَّ جَعَلْنَاهُ نُطْفَةً فِي قَرَارٍ مَّكِينٍ 23.13 . So'ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)dagi maniy qildik. ثُمَّ خَلَقْنَا النُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا الْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا الْمُضْغَةَ عِظَاماً فَكَسَوْنَا الْعِظَامَ لَحْماً ثُمَّ أَنشَأْنَاهُ خَلْقاً آخَرَ فَتَبَارَكَ اللَّهُ أَحْسَنُ الْخَالِقِينَ 23.14 . So'ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go'sht qilib yaratdik, bas, parcha go'shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go'sht qopladik, so'ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng go'zali - Alloh barakotlidir! ثُمَّ إِنَّكُمْ بَعْدَ ذَلِكَ لَمَيِّتُونَ 23.15 . So'ngra, albatta, sizlar (ey, insonlar,) mana shundan keyin, albatta, vafot etuvchidirsizlar. ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ تُبْعَثُونَ 23.16 . So'ngra sizlar, albatta, qiyomat kuni qayta tirilursizlar. وَلَقَدْ خَلَقْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعَ طَرَائِقَ وَمَا كُنَّا عَنِ الْخَلْقِ غَافِلِينَ 23.17 . Darvoqe, Biz ustingizda yetti yo'lni (yetti qavat osmonni) yaratdik. Biz yaratuvchilikdan g'ofil bo'lmadik. وَأَنزَلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً بِقَدَرٍ فَأَسْكَنَّاهُ فِي الْأَرْضِ وَإِنَّا عَلَى ذَهَابٍ بِهِ لَقَادِرُونَ 23.18 . Biz osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerga joylab qo'ydik va Biz uni ketkazishga ham, albatta, qodirdirmiz. فَأَنشَأْنَا لَكُم بِهِ جَنَّاتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَابٍ لَّكُمْ فِيهَا فَوَاكِهُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ 23.19 . So'ngra Biz sizlar uchun u (suv) bilan xurmo va uzum bog'larini paydo qildik. Sizlar uchun u (bog')larda ko'p mevalar bo'lur va sizlar ulardan yeysizlar. وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَاء تَنبُتُ بِالدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْآكِلِينَ 23.20 . Yana (Biz sizlar uchun) Turi Sayno (tog'i)dan chiqadigan yog' va yeguvchilar uchun nonxurush holda o'sadigan bir daraxtni (zaytunni yaratdik). وَإِنَّ لَكُمْ فِي الْأَنْعَامِ لَعِبْرَةً نُّسقِيكُم مِّمَّا فِي بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَافِعُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ 23.21 . Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir: sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko'p foydalar bordir, shuningdek, ular(ning go'sht-yog'lari)dan yeysizlar. وَعَلَيْهَا وَعَلَى الْفُلْكِ تُحْمَلُونَ 23.22 .Yana, (quruqlikda) ularga va (dengizlarda) kemalarga minib yurasizlar. وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحاً إِلَى قَوْمِهِ فَقَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ أَفَلَا تَتَّقُونَ 23.23 . Darvoqe, Biz Nuhni o'z qavmiga payg'ambar qildik. Bas, u: "Ey, qavmim! Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. Axir, qo'rqmaysizlarmi?" - dedi. فَقَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن قَوْمِهِ مَا هَذَا إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ شَاء اللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَائِكَةً مَّا سَمِعْنَا بِهَذَا فِي آبَائِنَا الْأَوَّلِينَ 23.24 . Shunda uning qavmidan kofir bo'lgan zodagonlar: "Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. (Faqat) sizlardan ustun bo'lib olmoqchi. Agar Alloh (payg'ambar yuborishni) xohlasa edi, farishtalarni tushirgan bo'lur edi. Bizlar bu (Nuh so'zlari)ni avvalgi ota-bobolarimizdan eshitgan emasmiz. إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ بِهِ جِنَّةٌ فَتَرَبَّصُوا بِهِ حَتَّى حِينٍ 23.25 . U (ya'ni, Nuh) faqat bir jinni odamdir. Bas, uni bir (oz) vaqtgacha kuzatib turinglar", - dedilar. قَالَ رَبِّ انصُرْنِي بِمَا كَذَّبُونِ 23.26 . (Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim! Ularning menga nisbatan inkoriga qarshi O'zing menga yordam qilgin". فَأَوْحَيْنَا إِلَيْهِ أَنِ اصْنَعِ الْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا فَإِذَا جَاء أَمْرُنَا وَفَارَ التَّنُّورُ فَاسْلُكْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ الْقَوْلُ مِنْهُمْ وَلَا تُخَاطِبْنِي فِي الَّذِينَ ظَلَمُوا إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ 23.27 . Bas, Biz unga vahiy qildik: "Bizning himoyamizda va vahiymiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan (olov o'rniga) favvoralar otilgan vaqtida, u kemaga har (jonivor)dan bir juftdan va oilangni solgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni so'zimiz (g'arq bo'lishi haqidagi hukmimiz) kechgan bo'lsa (ularni tark qilgin) hamda ular haqida (najot so'rab) Menga xitob (iltijo) qilmagin. Ular, albatta, g'arq qilinuvchidirlar! فَإِذَا اسْتَوَيْتَ أَنتَ وَمَن مَّعَكَ عَلَى الْفُلْكِ فَقُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي نَجَّانَا مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 23.28 . Endi, qachonki o'zing va sen bilan birga bo'lgan kishilar kemaga joylashib olgach, aytgin: "Bizlarni zolimlar qavmidan qutqargan Allohga hamd (aytamiz)". وَقُل رَّبِّ أَنزِلْنِي مُنزَلاً مُّبَارَكاً وَأَنتَ خَيْرُ الْمُنزِلِينَ 23.29 . Yana ayt: "Ey, Rabbim! Meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen (manzilga) tushiruvchilarning yaxshisidirsan". إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ وَإِن كُنَّا لَمُبْتَلِينَ 23.30 . Albatta, bunda (Nuh va uning qavmi voqeasida) alomatlar bordir. Biz imtihon qiluvchidirmiz. |
RSS
Сайтда излаш |