|
Qur’oni Karim
Qur’oni Karim: 47. Muhammad surasi, jami 38 oyatالَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ 47.1 . Kofir bo'lgan va (o'zgalarni ham) Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarning amallarini (Alloh) zoye ketkazur. وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَآمَنُوا بِمَا نُزِّلَ عَلَى مُحَمَّدٍ وَهُوَ الْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ 47.2 . Imon keltirgan va solih amallarni qilgan hamda Muhammadga nozil qilingan narsaga (Qur'onga) - holbuki, u Parvardigorlari tomonidan kelgan haqiqatdir - imon keltirgan zotlarning esa yomonlik (gunoh)larini o'chirur va ishlarini o'nglar. ذَلِكَ بِأَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا اتَّبَعُوا الْبَاطِلَ وَأَنَّ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّبَعُوا الْحَقَّ مِن رَّبِّهِمْ كَذَلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَالَهُمْ 47.3 . Bunga sabab - kofir bo'lganlarning nohaq (yo'l)ga ergashganlari, imon keltirganlarining esa Parvardigorlari (tomoni)dan bo'lmish haq (Qur'on yo'li)ga ergashganlaridir. Alloh insonlarga ularning misollarini mana shunday bayon qilur. فَإِذا لَقِيتُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا فَضَرْبَ الرِّقَابِ حَتَّى إِذَا أَثْخَنتُمُوهُمْ فَشُدُّوا الْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنّاً بَعْدُ وَإِمَّا فِدَاء حَتَّى تَضَعَ الْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ذَلِكَ وَلَوْ يَشَاءُ اللَّهُ لَانتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَكِن لِّيَبْلُوَ بَعْضَكُم بِبَعْضٍ وَالَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعْمَالَهُمْ 47.4 . Bas, (ey, mo’minlar,) qachonki, sizlar (jang maydonida) kofir bo'lganlar bilan to'qnashganlaringizda, bo'yinlariga uringiz (o'ldiringiz)! Bas, qachonki, ularni qirg'inga tutib asir olgach, arqonlar bilan bog'langiz! So'ng yo (ularni ozod qilib) marhamat ko'rsatursizlar, yo (qo'yib yuborib) fidya (tovon) olursizlar. Toki urush yuklarini qo'ygunicha (to'xtagunicha, sizlarga buyruq) mana shudir. Agar Alloh xohlasa, ular ustidan (jangsiz ham) g'alaba qilur edi, lekin U sizlarning ayrimlaringizni ayrimlaringiz bilan imtihon qilish uchun (sizlarni jangga buyurdi). Alloh yo'lida o'ldirilganlarning amallarini (U) sira zoye ketkizmas. سَيَهْدِيهِمْ وَيُصْلِحُ بَالَهُمْ 47.5 . Ularni (jannat yo'liga) hidoyat qilur va ishlarini isloh etur. وَيُدْخِلُهُمُ الْجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمْ 47.6 . Ularni (Alloh) O'zi ta'riflagan jannatga kiritur. يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ 47.7 . Ey, imon keltirganlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (dinining rivoji uchun harakat qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur. وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْساً لَّهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ 47.8 . Kofir bo'lgan kimsalar uchun esa halokat bo'lur va (Alloh) ularning amallarini zoye ketkazur. ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُوا مَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ 47.9 . Bunga sabab ularning Alloh nozil qilgan narsalarni (Qur'on va undagi hukmlarni) yomon ko'rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning amallarini behuda ketkazur. أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ دَمَّرَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلِلْكَافِرِينَ أَمْثَالُهَا 47.10 . Axir, ular yer yuzida sayr (sayohat) qilishib, o'zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi? Alloh ularni yakson etdi-ku! Kofirlar uchun ham xuddi o'sha (oqibat)larning o'xshashi bo'lur. ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ مَوْلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَأَنَّ الْكَافِرِينَ لَا مَوْلَى لَهُمْ 47.11 . Bunga sabab imon keltirganlar Allohning do'sti (homiysi) ekani va kofirlarga esa hech qanday homiy yo'q ekanidir. إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَالَّذِينَ كَفَرُوا يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ الْأَنْعَامُ وَالنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ 47.12 . Albatta, Alloh imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kofir bo'lgan kimsalar esa (dunyo lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar va do'zax ularning joylaridir. وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ هِيَ أَشَدُّ قُوَّةً مِّن قَرْيَتِكَ الَّتِي أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَاهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ 47.13 .(Ey, Muhammad,) Sizni haydab chiqargan shahar (Makka ahli)dan ko'ra (aholisi) quvvatliroq bo'lgan qanchadan-qancha shaharni halok qilganmiz. Bas, ularga biror yordamchi bo'lmagan. أَفَمَن كَانَ عَلَى بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِ كَمَن زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءهُمْ 47.14 . Axir, Parvardigori tomonidan (aniq) hujjatga (Qur'onga) ega bo'lgan kishi (Siz va mo’minlar) bilan qilgan yomon ishi o'ziga chiroyli ko'ringan va havoyi nafsiga ergashgan (kofir) barobar bo'lurmi?! مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ فِيهَا أَنْهَارٌ مِّن مَّاء غَيْرِ آسِنٍ وَأَنْهَارٌ مِن لَّبَنٍ لَّمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُ وَأَنْهَارٌ مِّنْ خَمْرٍ لَّذَّةٍ لِّلشَّارِبِينَ وَأَنْهَارٌ مِّنْ عَسَلٍ مُّصَفًّى وَلَهُمْ فِيهَا مِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ وَمَغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ كَمَنْ هُوَ خَالِدٌ فِي النَّارِ وَسُقُوا مَاء حَمِيماً فَقَطَّعَ أَمْعَاءهُمْ 47.15 . Taqvoli zotlar uchun va'da qilingan jannatning misoli (sifati budir): Unda aynimas suvdan iborat daryolar ham, ta'mi o'zgarmas sutdan iborat daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (aqldan ozdirmaydigan) maydan bo'lmish daryolar ham va musaffo asaldan iborat daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (u joyda) Parvardigorlari (tomoni)dan mag'firat bordir. (Ana shunday zotlar) do'zaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug'orilganda ichaklarini tilka-pora qilib tashlaydigan (kofir)lar kabi bo'lurmilar?! وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّى إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِندِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ آنِفاً أُوْلَئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءهُمْ 47.16 . (Ey, Muhammad,) ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular Sizga quloq solib turadi-da, huzuringizdan chiqqach, ilm ato etilgan zotlardan (masxara sifatida): "Hozirgina (Muhammad) nima dedi?" - deb so'rarlar. Ana o'shalar Alloh dillarini muhrlab qo'ygan va o'zlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir. وَالَّذِينَ اهْتَدَوْا زَادَهُمْ هُدًى وَآتَاهُمْ تَقْواهُمْ 47.17 . Hidoyat topgan zotlarga esa (Alloh) ularga yanada hidoyatni ziyoda qilur va taqvo ato etur. فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا السَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً فَقَدْ جَاء أَشْرَاطُهَا فَأَنَّى لَهُمْ إِذَا جَاءتْهُمْ ذِكْرَاهُمْ 47.18 . Ular(munofiqlar) endi faqat to'satdan qiyomat kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe, uning alomatlari keldi. Bas, ularga (qiyomat) kelgan vaqtida, ularning eslatma olishlari qanday (mumkin) bo'lur?! فَاعْلَمْ أَنَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَاكُمْ 47.19 . Bas, (ey, Muhammad,) Allohdan o'zga iloh yo'q ekanini biling va o'z gunohingiz uchun hamda mo’min va mo’minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezadigan joylaringizni ham, (oxiratda) boradigan joylaringizni ham bilur. وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌ فَإِذَا أُنزِلَتْ سُورَةٌ مُّحْكَمَةٌ وَذُكِرَ فِيهَا الْقِتَالُ رَأَيْتَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ الْمَغْشِيِّ عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ فَأَوْلَى لَهُمْ 47.20 . Imon keltirgan zotlar: "(Jihodga buyurilgan) biror sura nozil qilinganida edi", - derlar. Bas, qachonki, qat'iy bir sura nozil qilinib, unda jang zikr etilsa, dillarida maraz bo'lgan kimsalarning Sizga xuddi o'limdan (qo'rqib) behush bo'lib qolgan kimsaning qarashidek qarashayotganini ko'rasiz. (Holbuki,) ularga loyiq narsa طَاعَةٌ وَقَوْلٌ مَّعْرُوفٌ فَإِذَا عَزَمَ الْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُوا اللَّهَ لَكَانَ خَيْراً لَّهُمْ 47.21 . itoat etish va yaxshi so'z (so'zlash) edi. Endi, qachonki, ish (jang) muqarar bo'lganda, agar ular Allohga sodiq (rostgo'y) bo'lganlarida, albatta, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi. فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِن تَوَلَّيْتُمْ أَن تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوا أَرْحَامَكُمْ 47.22 . Agar (imondan) bosh tortsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg'unchilik qilarsizlar va qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar. أُوْلَئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَى أَبْصَارَهُمْ 47.23 . Unday kimsalarni Alloh la'natlagandir, bas, ularning (quloqlarini) "kar", ko'zlarini "ko'r" qilib qo'ygandir. أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا 47.24 . Axir, ular Qur'on (oyatlari) haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarda qulflari bordir?! إِنَّ الَّذِينَ ارْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِهِم مِّن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْهُدَى الشَّيْطَانُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَى لَهُمْ 47.25 . Haqiqatan, o'zlariga hidoyat (yo'li) ravshan bo'lganidan keyin yana ortlariga (kufrga) qaytib ketgan kimsalarga (bu ishlarni) shayton chiroyli qilib ko'rsatdi va ular uchun (puch orzularni) uzaytirib qo'ydi. ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا لِلَّذِينَ كَرِهُوا مَا نَزَّلَ اللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِي بَعْضِ الْأَمْرِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ 47.26 . Bunga (kufrga qaytishlariga) sabab - ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qur'onni) yomon ko'rgan kimsalarga: "Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz", - deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning yashirgan (sir)larini bilur. فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمْ الْمَلَائِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَارَهُمْ 47.27 . Bas, farishtalar ularning yuzlari va ketlariga urib, jonlarini olar vaqtida, (hollari) ne kechur?!. ذَلِكَ بِأَنَّهُمُ اتَّبَعُوا مَا أَسْخَطَ اللَّهَ وَكَرِهُوا رِضْوَانَهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ 47.28 . Bunga sabab ularning Allohni g'azablantirgan narsaga (munofiqlikka) ergashib, Uning rizoligini (kofirlarga qarshi jang qilishni) yomon ko'rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning (qilgan yaxshi) amallarini behuda ketkazdi. أَمْ حَسِبَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخْرِجَ اللَّهُ أَضْغَانَهُمْ 47.29 . Balki, dillarida maraz (nifoq) bo'lgan kimsalar Alloh ularning (dillaridagi) adovatlarni oshkor qilmas, deb o'ylagandirlar?! وَلَوْ نَشَاء لَأَرَيْنَاكَهُمْ فَلَعَرَفْتَهُم بِسِيمَاهُمْ وَلَتَعْرِفَنَّهُمْ فِي لَحْنِ الْقَوْلِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ أَعْمَالَكُمْ 47.30 . (Ey, Muhammad,) agar xohlasak, albatta, Sizga ularni (munofiqlarni) ko'rsatib (tanitib) qo'ygan bo'lur edik, u holda Siz ularni belgilaridan tanib olgan bo'lur edingiz. (Qasamki, endi) albatta, Siz ularni so'z ohangi (uslubi)dan tanib olursiz. Alloh (barcha) amallaringizni bilib turur. |
RSS
Сайтда излаш |