(11.03.2010 13:00:00) | (5 марта ўқилди)
Zararli vasiyat qilish
Alloh taolo aytadi:
«(Bu taqsimotlar) merosxo'rlarga zarar etkazmaydigan holda qilinagan vasiyat va qarzlar ado qilinganidan keyin bo'lur. (Ya'ni, vasiyat merosxo'rlarga zarar etkazmaydigan bo'lishi lozim. Yo'q qarzni vasiyat qilish - zararli vasiyatdir.) (Bu hukmlar) Alloh tomonidan bo'lgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir» .
Ya'ni, Alloh zararli vasiyatni ham, boshqasini ham, bilguvchidir, osiylarni jazolashga shoshilmaydigan halimdir.
«Mana shu Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o'sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta saodatdir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo'ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo'lmish do'zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 12-14).
(09.03.2010 13:00:00) | (8 марта ўқилди)
«Bir-biringizga qarshi bug‘z etmangiz. O’zaro bug‘z va adovat bilan bir-birlaringizga dushmanlashmangiz».
Bug‘z etmoq – achchiqlanmoq, qizishmoq, kek saqlamoq degani. Bir-birlaringizga qizishmangiz, jahl qilmangiz. Kekni, adovatni cho‘zmangiz, nafratli, dushmanlarcha muomala qilmangiz bir-biringizga.
Inson qizishadi, bug‘z etadi, ammo tuyg‘ularini nazorat etmog‘i lozim. Inson ichidan chiqqan har bir tuyg‘uning darhol talabini bajarmog‘i kerak emas. Inson o‘zini tuta oladigan maxluqdir.
Hayvon tuta olmas o‘zini, qush, tovuq, mushuk tutolmaydi o‘zini. Mushukning oldida barmog‘ingizni o‘ynatsangiz, chiday olmaydi. Avval ko‘zlarini ochadi, keyin quloqlarini dikkaytiradi, so‘ng chiday olmay, tashlanadi. Ongsiz-ixtiyorsiz, savqitabiiy bilan shunday qiladi. Ammo odamzodning bir ustunligi bor: u o‘z tuyg‘ulariga hokim bo‘la oladi, o‘z-o‘zini nazorat eta oladi, tuta oladi.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
(07.03.2010 13:00:00) | (14 марта ўқилди)
Go‘dak bolalarning ulg‘ayish vaqtlari avvalida tarbiyalash, ularga odob berish va xulqlarini chiroyli qilish yo‘llari bayoni
Bilingki, go‘dakni tarbiyalash eng muhim va eng ta’kidli ishlardandir. Go‘dak ota-onasining oldida omonatdir. Uning pokiza qalbi har bir naqsh va suratlardan xoli,qimmatbaho gavhardir. U har bir naqshni qabul qiluvchi va har bir moyil etuvchi narsaga moyil bo‘luvchidir. Agar u yaxshilikka odatlantirilsa, o‘rgatilsa, shunga ko‘ra ulg‘ayadi.
Dunyo va oxiratda baxtli bo‘ladi. Uning savobiga ota-onasi, unga ta’lim beruvchi, odob o‘rgatuvchilarning hammasi sherik bo‘ladi. Agar unga yomonlik o‘rgatilsa, chorvalar tashlab qo‘yilgandek, o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, badbaxt va halok bo‘ladi. Gunohi uni boshqarib turuvchi va unga egalik qilib turuvchilarga bo‘ladi. Alloh azza va jalla aytadi:
«Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni do‘zaxdan saqlangizki, uning o‘tini odamlar va toshdir» (Tahrim surasi, 6-oyat).
Modomiki, ota farzandini dunyodagi olovdan saqlar ekan, uni oxiratdagi olovdan ham saqlashi yaxshiroqdir. Bu saqlash unga odob berish, uni poklash, chiroyli xulqlarni o‘rgatish, yomon do‘stlardan saqlash, maishatparastlikka odatlantirmaslik bilan bo‘ladi.Yana ziynatni va farovon yashashni yaxshi ko‘rsatmaydi, chunki u ulg‘ayganda ziynatni va to‘kin yashashni axtarib, umrni behuda o‘tkazib yuboradi. Natijada abadiy halokatga uchraydi.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
(05.03.2010 13:00:00) | (21 марта ўқилди)
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ахлоқ жамила ва одат шарифалари тамоми оламга машҳурдир. Дўст ҳам, душман ҳам эътироф этади. Ҳаммадан зиёда таъриф Қуръони каримнинг «Нун» сурасида Яратувчи Холиқ тарафидан билан Қиёматгача ислом меҳробларида тиловат этилади. Ҳақ жалла ва ъало марҳамат килади: “ВА ИННАКА ЛАЪАЛО ХУЛУҚИН АЗИЙМ”. Яъни, эй Муҳамад, шубҳасиз, сиз албатта, ниҳоятда буюк бир хулқ соҳибидирсиз.
Ҳадис китобларидаги мазмунларнинг зиёда хислати шу муборак хулқу азиз таърифидир. Соллаллоҳу ало соҳибиҳи васаллам.
267. Хорижа ибн Зайд ибн Собит розияллоҳу анҳу дедилар: Бир жамоа Зайд ибн Собит розияллоҳу анҳу ҳузурларига келиб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам аҳволи шарифларидан бизларга баён беришини сўрадилар. Зайд дедилар: Мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ахволларидан сизларга нимани баён қилай? Мен Жанобга ҳамсоя эдим. Қачон вахий нозил бўлса, менга одам юборар эдилар. Мен бориб, ёзиб берар эдим. Жанобнинг одатлари биз сахобалар қачон дунёдан сўз қилсак, дунёдан сўз қилар эдилар ва қачон охиратдан сўз қилсак, охиратдан сўз қилар эдилар. Қачон таомдан сўз қилсак, таомдан сўз қилар эдилар. Мана шу баён қилган нарсаларим Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи васаллам ахволларидир. (Яъни, хулқларининг олийлигидан асҳоблари билан ҳар қандай суҳбатда ҳамроҳ бўлар эдилар. Лекин Жаноб баёнлари ва ширкатлари тамоми бефойда нарсалардан пок бўлиб, қайси бобда сўзласалар, ҳамнишинлари учун фойда ва манфаатнинг ўзи бўлар эди).
(03.03.2010 13:00:00) | (18 марта ўқилди)
Allohning do'stlari - avliyolarga ozor berish
Alloh azza va jalla aytadi:
«Mo'min va mo'minalarga biron gunoh qilmaslaridan ozor beradigan kimsalar ham bo'hton va ochiq gunohni o'z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
«O'zingizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting (ya'ni, ularga xush xulq bilan kamtarona muomalada bo'ling)!» (Shuaro surasi, 215).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Kim mening do'stimga dushmanlik qilsa, haqiqatda Men u bilan jang qilishga kirishganimni bildirgan bo'laman», dedi» (Buxoriy).
Boshqa bir rivoyatda: «Menga qarshi jangga kirishibdi», deyilgan.
Hadisda aytiladiki, Abu Sufyon bir necha sheriklari bilan Salmon, Suhayb va Bilol oldiga kelgan edi, ular: «Allohning qilichlari Allohning dushmanidan oladiganini hali olib bo'lmadi», deyishdi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu ularga: «Quraysh oqsoqoli va sayyidiga shu gapni aytasizlarmi?!» dedi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bo'lgan voqeani so'zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ehtimol ularni g'azablantirgandirsiz?! Bordi-yu ularni g'azablantirgan bo'lsangiz, shak-shubhasiz, Rabbingizni g'azablantiribsiz», dedilar. Abu Bakr ularning oldiga kelib: «Ey birodarlar, sizlarni g'azablantirib qo'ydimmi?!» deb so'ragan edi, ular: «Yo'q, ey birodar, Alloh sizni mag'firat qilsin», deya javob berishdi (Muslim rivoyati).
(01.03.2010 13:00:00) | (29 марта ўқилди)
Muhabbatni zada qilguvchi xatti-harakatlardan qochmoq, chetlanmoq masalasi oldimizda turadi. Men seni sevib turibman, sen meni sevib turibsan-u, birdan oramiz sovuqlashadi. O’rtamizdan qora yellar esib, ola mushuklar o‘ta boshlaydi. Bir-birimizni sevmaslik boshlanadi. Bu nimadan? Albatta, senda ham bir ayb bor, menda ham bir qusur bor. Bunaqasi bo‘ladi. Yo g‘iybat qilganmiz, yo aytishib qolganmiz, yo samimiyatsiz biror hodisa oramizdan o‘tgan.
Ha, muhabbatni sovutadigan, muhabbatni zoil etadigan – yo‘q qiladigan, muhabbatni sidirib tashlaydigan, muhabbatni mahv etadigan narsalardan uzoqroq bo‘lmoqqa g‘ayrat qilmog‘imiz lozim.
Masalan, hech kim birovni g‘iybat qilmasligi kerak. G’iybat – harom. Har kim har kimdan husnu zan – yaxshi gumon etmog‘i lozim. Husnu zan etmoqlik Qur’oni karimdan bir vazifadir. Su’i zan, ya’ni, bad gumon etmaslik kerak. Su’i zan etmoq – harom. Harakatlar yaxshilikka yo‘nalishi lozim.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 5 / 5
(01.03.2010 13:00:00) | (29 марта ўқилди)
Hikoya qilinishicha, Ibrohim ibn Adham bir kuni sahroga chiqdilar. U kishiga bir askar ro‘para bo‘lib, u kishiga: «Sen qulmisan?» dedi. U kishi: «Ha», dedilar. Shunda askar u kishidan: «Imoratlar qaerda?» deb so‘radi. U kishi qabristonga ishora qildilar. Askar u kishiga yana: «Men imoratlarni so‘rayapman», dedi. U kishi yana: «Qabristonda», dedilar. Bu so‘zlar uning g‘azabini qo‘zg‘adi va boshlariga qamchi bilan urib yordi. So‘ng u kishini shaharga qaytarib keldi. Ularni Ibrohim ibn Adhamning do‘stlari kutib olishdi va: «Nima bo‘ldi?» deyishdi. Ularga askar u kishi aytgan so‘zlarining xabarini berdi. Shunda ular: «Bu kishi Ibrohim ibn Adham bo‘ladilar», deyishdi. Askar otidan tushib u kishining qo‘l-oyoqlarini o‘pdi va uzr so‘ray boshladi. Shu voqeadan keyin so‘rashdi: «Nima uchun unga qulman, dedingiz?» U kishi: «Chunki u mendan «Kimning qulisan?» deb so‘ramadi, balki «Sen qulmisan?» deb so‘radi. Unga «Ha», dedim, chunki men Allohning quliman. U boshimga urgan vaqtda uning uchun Allohdan jannatni so‘radim», dedilar. Shunda u kishiga: «U sizga zulm qilgan bo‘lsa hammi?!» deyildi. U kishi: «Askardan yetgan aziyatdan savob olishimni bildim. Undan menga nasiba yaxshilik bo‘lishini va mendan unga nasiba yomonlik bo‘lishini xohlamadim», dedilar.
Abu Usmon Xiriy bir mehmondorchilikka taklif qilindilar. Mezbon u kishini sinab ko‘rishni xohlagan edi. Uning manziliga kelgan vaqtlarida uy egasi u kishiga «Hozir mulozamat uchun imkoniyatim yo‘q», dedi. Abu Usmon qaytib ketdilar. U kishi uzoqlashmagan ham edilarki, ikkinchi marta chaqirib: «Qayting, ey ustoz», dedi. Abu Usmon qaytib kelgan edilar, yana avvalgidek gap qildi. Abu Usmon yana qaytib ketdilar. So‘ngra u kishini uchinchi marta chaqirib: «Ozgina vaqt o‘tkazib qaytib keling», dedi. U kishi qaytib kelib eshikka yaqinlashgan edilar, uy egasi yana avvalgi so‘zini qaytardi. U kishi yana qaytib ketdilar. So‘ngra to‘rtinchi marta keldilar. Mezbon u kishini yana qaytarib yubordi, hatto bir necha marta shunday muomala qilishdi. Abu Usmon bundan o‘zgarmadilar. Uy egasi u kishining oyoqlariga yiqildi va: «Ey ustoz, men sizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan edim, xulqingiz munchayam chiroyli bo‘lmasa», dedi. U kishi: «Sen menda ko‘rgan narsa itning xulqidir, chunki it chaqirilsa, keladi. Agar haydalsa, uzoqlashadi», dedilar.
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
(27.02.2010 13:00:00) | (33 марта ўқилди)
РАСУЛУЛЛОҲ СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМНИНГ ТАВОЗЕЪЛАРИ ҲАҚИДА ВОҚЕАЛАР
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тавозеъларининг воқеалари мингдан зиёдадир, ҳаммасини баён қилиб бўлмайди. Унинг учун мусанниф рахимаҳуллоҳ тарафидан бу китобида бир неча ҳадис табаррукан зикр қилинган.
256. Умар ибн ал-Хаттоб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: Эй, мусулмонлар, сизлар мени мадҳ ва таъриф этишда насоролар Исо алайҳиссаломни мадҳ ва таъриф этгани каби ҳаддан ошманглар ва муболаға қилманглар. Ҳақиқат шуки, мен Аллоҳ Таолонинг бандасиман. Сизлар ҳам мени Аллоҳ Таолонинг бандаси ва Расули деб ёд қилинглар. (Яъни, ёд қилганда ундан ширк ё ғулув тушуниладиган лафзлар истеъмол қилинмасин).
257. Анас розияллоҳу анҳу дедилар: Бир аёл Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларига келди ва деди: Ё Расулаллоҳ, менинг хос ўзларига бир хожатим бор, шуни арз қилмоқчиман. Жаноб дедилар: Мадина кўчаларидан қайси бир кўчани хоҳласанг, шунда ўтир, мен бирга ўтириб арзингни эшитай.
(25.02.2010 13:00:00) | (31 марта ўқилди)
Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Mo'min va mo'minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan turib ozor beradigan kimsalar ham bo'hton va ochiq gunohni o'z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
Ya'ni, iymon ahliga hech bir gunoh-jinoyat qilmasalar-da ozor beradigan kimsalar o'z ustlariga yolg'on, bo'hton va ulkan gunohni yuklab olgan bo'ladilar.
«Ey iymon keltirganlar, (sizlardan bo'lgan) bir qavm, boshqa bir (mo'min) qavmdan masxara qilib kulmasin, ehtimol (o'sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (sizlardan bo'lgan) ayollar ham (boshqa mo'mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) - ehtimolki, (o'sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni (ya'ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo'yib olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya'ni, mo'min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o'shalar zolim kimsalardir» (Hujurot surasi, 11).
(23.02.2010 13:00:00) | (36 марта ўқилди)
«Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn».
«Faqat Sengagina qilib ibodat, Faqat sendangina so‘raymiz madad».
Ya’ni, biz faqat Allohgagina ibodat qilamiz va faqat Allohdangina madad so‘raymiz... Hech kimsadan hech narsa istamaymiz, so‘ramaymiz!.. Na yordam, na tayanch, na pul, na kulgi, na tabassum, na u, na bu!.. Bizni Alloh sevsa, kifoya!.. Inson yoppa-yolg‘iz bo‘lishi mumkin.
Haqni sevmoqni o‘rganing!.. Haq bilan birga bo‘lmoqning zavqini toting, u bilan birga bo‘lmoqni o‘rganing... Shu darajada bo‘lmasa bir inson, uni ko‘p aldagaylar, ko‘p ishontirgaylar.
Albatta, Haq bilan birga bo‘lmoq uchun Haqning ne ekanini bilmoq lozim. Botil narsalar shu qadar ranginki, botil narsalarning ovozasi – reklamasi shu qadar ko‘pki, botil narsalarni qabul qildirmoq uchun tuzoqlar shu qadar ortiqki, bu tuzoqlarning hammasidan o‘tib, eng oldingi go‘zal haqiqatga, haqqoniyatga erishmoq juda qiyindir!..
- Мавзу: Мақолалар
- Баҳо: 0 / 5
|

Фойдаланувчилар
 Хуш келибсиз Аноним
Аъзолар:
 Охирги аъзо: Fargoniy
 Жами аъзолар: 733
Ҳозир сайтда 5 киши онлайн

Кўп ўқилганлар

RSS

Сайтда излаш
|